Oila kodeksining 96-moddasiga asosan ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart. E’tibor bergan bo‘lsangiz, normada “voyaga yetmagan bola” jumlasi qo‘llanilgan.
Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga muvofiq fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.
Yuqoridagi ikki qoidaning mazmuniga ko‘ra bola 18 yoshda voyaga yetgan hisoblanadi va ota-ona farzandi 18 yoshga to‘lgandan so‘ng unga aliment to‘lash majburiyatidan ozod qilinadi.