Avtomototransport vositalarini Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun qancha to`lov qilinadi?

Mazkur munosabat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi. Ushbu buyruqqa Ichki ishlar vazirining 2021-yil 5-iyuldagi 144-sonli buyrug‘i bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra texnik ko`rikdan o`tkazish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov qilinadi.

Yuridik shaxslarga tegishli:To‘lov bazaviy hisoblash miqdorida (foizi/baravari)To‘lov miqdori 19.04.2024 holatiga  (so‘mda)*  
1Yuk va maxsus avtotransport vositalari uchun40 foiz136 000
2avtobuslar (mikroavtobuslar) uchun20 foiz68 000
3yengil avtotransport vositalari uchun10 foiz34 000
4mototransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun10 foiz34 000
Jismoniy shaxslarga tegishli:
1Yuk va maxsus avtotransport vositalari uchun20 foiz68 000
2avtobuslar (mikroavtobuslar) uchun20 foiz68 000
3mototransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun5 foiz17 000

Izoh:

* 2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.

Avtomototransport vositalarini va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ilgari o‘rnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ular Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi (birinchi marta ro‘yxatga olinayotgan yangi transport vositalari bundan mustasno) va belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi.

Yengil avtomobildan yuk tashishda foydalansa boʻladimi?

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Kimlar transport vositasini boshqara olmaydi?

Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin

Qaysi kasalliklar uchun xavfsizlik kamarida imtiyoz mavjud?

Sariqda harakatlanganlik uchun javobgarlik bormi ?