Avtotransport vositalariga nomer olinganda qancha to‘lov qilinadi?

Mazkur munosabat O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi. Ushbu buyruqqa Ichki ishlar vazirining 2023 yil 10 avgustdagi 396-sonli buyrug‘i bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra nomer olganlik uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov qilinadi.

Nomer olish yoki almashtirish To‘lov bazaviy hisoblash miqdorida (foizi/baravari)To‘lov miqdori
19.04.2024 holatiga (so‘mda)*
 1Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari uchun (keyingi o‘rinlarda RO‘DRB deb yuritiladi)3,5 baravari1 190 000
   2Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RO‘DRB uchun1,75 baravari595 000
 3Tranzit RO‘DRB uchun25 foizi85 000
   4Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun3,5 baravari1 190 000
   5Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun1,75 baravari595 000

Izoh:

* 2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.

  • yo‘qotilgan bir dona yoki bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi bir juft RO‘DRB berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
  • yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida undiriladi;
  • RO‘DRBni o‘n ikki oy muddatdan so‘ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida undiriladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi mehnat organlari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozli shartlarda berilgan transport vositasiga RO‘DRBlarini berish uchun to‘lov undirilmaydi.

Yengil avtomobildan yuk tashishda foydalansa boʻladimi?

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Kimlar transport vositasini boshqara olmaydi?

Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin

Qaysi kasalliklar uchun xavfsizlik kamarida imtiyoz mavjud?

Sariqda harakatlanganlik uchun javobgarlik bormi ?