Skip to main content

Ayol homiladorlik paytida ajrashsa boʻladimi?

Oila kodeksining 39-moddasiga ko‘ra xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas.

Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qaroriga muvofiq nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qabul qilishda shuni inobatga olish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasiga muvofiq er xotinining roziligisiz uning homiladorligi vaqtida va bola tug‘ilganidan so‘ng bir yil mobaynida nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga, garchi u tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi sifatida yozilmagan bo‘lsa ham, haqli emas.

Xotinning nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga roziligi bo‘lmagan hollarda, sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi.

Shuni nazarda tutish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo xotin tomonidan qo‘zg‘atilishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Demak, yuqorida keltirilgan asoslarga ko‘ra, xotinning homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida xotininingizning roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ariza bergan taqdiringizda arizangiz ko‘rmasdan qoldiriladi.

Categories: Oila huquqi