
Davlat hisobidan yuridik yordam uchun haq toʻlanish miqdorlari
Vazirlar Mahkamasining 774-son qarori bilan Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Ushbu qarorning 5-ilovasida Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat uchun toʻladigan haq miqdorlari berilgan. Unga koʻra, tergovga qadar va sud jarayonlari davomida koʻrsatilgan yuridik yordam:
T/r | Amalga oshirilgan harakat nomi | Amalga oshirilgan vaqti | Haq miqdori* |
---|---|---|---|
1. | Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov jarayonida, sudda koʻrilayotgan ishlarda va psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda yuridik yordam koʻrsatilgan har bir kun uchun | Kun davomida | 50 foiz |
Tungi vaqtlarda | 75 foiz | ||
Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari | 100 foiz | ||
2. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi tomonidan himoyachidan voz kechish bilan bogʻliq protsessual harakatlarda ishtirok etganligi uchun (har bir protsessual harakat uchun alohida hisoblanadi) | Kun davomida | 30 foiz |
Tungi vaqtlarda | 45 foiz | ||
Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari | 70 foiz | ||
3. | Sudga ariza va shikoyatlar kiritganlik uchun | Amalga oshirilgan vaqtdan qatʼi nazar | 20 foiz |
4. | Xizmat safari va transport xarajatlari uchun (yuridik yordam koʻrsatilgan har bir kun uchun hisoblanadi) | Amalga oshirilgan vaqtdan qatʼi nazar | 25 foiz |
*Izoh: haq miqdori bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan belgilangan.
Oʻzbekiston ijtimoiy davlat sifatida adolatni toʻliq taʼminlanishi va aybsiz shaxslarni nohaq jazolarga tortilishini oldini olish maqsadida davlat hisobidan advokatlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Categories:
Protsessual huquq