Skip to main content

Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olishi mumkin?

Yuridik yordam — har bir fuqaroning adolatli sudlovga erishishida, oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishida asosiy vositalardan biridir. Biroq hayotiy sharoitlar tufayli har doim ham yuridik xizmatlar uchun haq toʻlash imkoniyati boʻlmasligi mumkin. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga koʻra, ayrim toifadagi shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilishi kafolatlangan.

Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega shaxslar

Davlat hisobidan yuridik yordam toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, quyidagi shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

Yordam olish huquqiga ega shaxslarYuridik yordam ko’rsatish asoslari
1Kam taʼminlangan shaxslaragar ular quyidagilardan biri boʻlsa:
1. Fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogar yoki javobgar;
2. Maʼmuriy ishlar boʻyicha arizachi;
3. Maʼmuriy qamoq jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik boʻyicha ayblanuvchi;
4. Jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkum.
2Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar   
3Teng huquqlilik buzilganligi sababli sudga murojaat qilgan shaxslarAgar “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun buzilgan boʻlsa.  
4Jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtiroki shart boʻlgan holatlarBunday turdagi holatlar bilan saytimizdagi maqola orqali tanishib chiqish mumkin.  

Yordam qaysi ishlar boʻyicha koʻrsatiladi?

1Fuqarolik va maʼmuriy sud ishlari boʻyicha:Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam masalalari, ishga tiklash, ish haqini undirish, aliment undirish uyga kiritish yoki chiqarish, sogʻligʻi shikastlanganlik, boquvchi yoʻqotilganlik tufayli zararni qoplash, sud, tergov yoki prokuratura organlarining noqonuniy harakatlari tufayli yetkazilgan zararni qoplash
2Maʼmuriy huquqbuzarlik ishlari boʻyicha:Faqat maʼmuriy qamoq jazosi nazarda tutilgan holatlarda kam taʼminlangan shaxslarga yuridik yordam koʻrsatiladi.  
3Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun:Tashxis, davolash va reabilitatsiya vaqtida, majburiy psixiatriya choralari koʻrilayotganida, sud-psixiatriya ekspertizasida.  
4Teng huquqlar buzilishi yuzasidan:  Davlat xizmatiga kirish, saylov huquqlarini amalga oshirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik, mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya, oilaviy munosabatlar va bolalar tarbiyasi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ilm-fan va madaniyat sohalarida.  

 

Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi.