Skip to main content

Davlat hisobidan yuridik yordam uchun haq toʻlanish miqdorlari

Vazirlar Mahkamasining 774-son qarori bilan Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Ushbu qarorning 5-ilovasida Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat uchun toʻladigan haq miqdorlari berilgan. Unga koʻra, tergovga qadar va sud jarayonlari davomida koʻrsatilgan yuridik yordam:

T/rAmalga oshirilgan harakat nomiAmalga oshirilgan vaqtiHaq miqdori*
1.Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov jarayonida, sudda koʻrilayotgan ishlarda va psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda yuridik yordam koʻrsatilgan har bir kun uchunKun davomida50 foiz
Tungi vaqtlarda75 foiz
Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari100 foiz
2.Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi tomonidan himoyachidan voz kechish bilan bogʻliq protsessual harakatlarda ishtirok etganligi uchun (har bir protsessual harakat uchun alohida hisoblanadi)Kun davomida30 foiz
Tungi vaqtlarda45 foiz
Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari70 foiz
3.Sudga ariza va shikoyatlar kiritganlik uchunAmalga oshirilgan vaqtdan qatʼi nazar20 foiz
4.Xizmat safari va transport xarajatlari uchun (yuridik yordam koʻrsatilgan har bir kun uchun hisoblanadi)Amalga oshirilgan vaqtdan qatʼi nazar25 foiz

*Izoh: haq miqdori bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan belgilangan.

Oʻzbekiston ijtimoiy davlat sifatida adolatni toʻliq taʼminlanishi va aybsiz shaxslarni nohaq jazolarga tortilishini oldini olish maqsadida davlat hisobidan advokatlardan foydalanish imkoniyatini beradi.