Er-xotin ajrashganda bola kimda qoladi?

Turli sabablarga ko‘ra er va xotin o‘rtasidagi nikoh sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Sud jarayonida yoki undan keyin er va xotin voyaga yetmagan farzandlarni kimda qolishi yuzasidan yana nizolashishadi. Har ikki tomon bolani o‘zida olib qolishga harakat qiladi. Biroq sud u yoki bu tarafning da’vosini qanoatlantiradi.

Ta’kidlash kerakki, boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Bu norma Oila kodeksi 76-moddasida keltirilgan.

Shunga ko‘ra, garchi er va xotin alohida yashasa yoki ular o‘rtasidagi nikoh bekor qilinsa-da, bu ularning ota-ona sifatidagi huquqlarga nisbatan ta’sir ko‘rsatmaydi. Ular ota-ona sifatida farzandlari bilan ko‘rishish, ularni qaramog‘ida olish huquqlarini saqlab qoladi.

Bunday nizolarni ko‘rishda sud Oila kodeksi hamda Oliy sudi Plenumining 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida“gi qaroriga tayanadi.

Ushbu 3-bandiga muvofiq sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar o‘rtasida bo‘lgan ularning qaysi biri bilan qaysi bolasi yashash uchun qolishi to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda voyaga yetmagan bolalarning manfaatlariga va xohishlariga mos keladigan hal qiluv qarori qabul qilishi lozim.

Bunda sud ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvoli ustunligining o‘zi bolani unga olib berish uchun asos bo‘la oladigan shart hisoblanmasligini nazarga olgan holda:

  • bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini;
  • ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan ko‘proq g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatayotganligini;
  • bolalarning yoshini va ota-onadan qaysi biriga ko‘ngil qo‘yganligini;
  • ota-onaning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini;
  • ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni;
  • bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining ma’lumot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini e’tiborga oladi.

Yuqoridagi qoidalarga binoan sud bolani er yoki xotinning qaramog‘ida qolishini belgilashda mazkur mezonlarni inobatga olgan holda qaysi taraf ular ko‘proq bo‘lsa, bola shu tarafning qaramog‘ida qolishi mumkin.

Shuni ham aytish kerakki, bola 10 yoshga to‘lgandan keyin, uning kimning qaramog‘ida qolishi masalasida bolaning fikrlari ham inobatga olinadi.

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?

Shariy nikohdagi xotin umumiy mol-mulkdan hech narsa ololmaydimi?

Aliment to‘lamagan qamaladimi?

Ko‘p bolali oila

Aliment pensiya va nafaqalardan ham undiriladi

Er-xotinning nikoh davridagi mulki qachon xususiy (shaxsiy) mulk bo‘ladi?