Fuqarolik huquqiga oid adabiyotlarda ergashma huquq atamasi ham uchrab turadi. Mazkur tushunchaning mazmuni, uning oʻziga xos xususiyatlari haqida quyidagi qisqacha fikr yuritiladi.
Avvalo, ushbu tushunchaning mazmuni haqida fikrlashsak, maʼlumki, ergashma huquq – bu asosiy huquqqa bogʻliq boʻlgan va uning taqdirini baham koʻradigan huquq hisoblanadi. Aytish joizki, bu huquq mustaqil ravishda mavjud boʻla olmaydi va asosiy huquq bilan birga oʻtadi yoki bekor boʻladi.
Ergashma huquqining quyidagi oʻziga xos xususiyatlari mavjud.
1 | Bogʻliqlik | Ergashma huquq har doim boshqa (asosiy) huquqqa bogʻliq boʻladi. |
2 | Mustaqil boʻlmagan xarakter | Ergashma huquq asosiy huquqsiz mavjud boʻla olmaydi. |
3 | Yagona taqdir | Asosiy huquq bekor boʻlsa yoki boshqa shaxsga oʻtsa, ergashma huquq ham xuddi shunday taqdirga ega boʻladi |
4 | Aksessorlik | Ergashma huquq asosiy huquqqa nisbatan yordamchi (aksessor) xarakterga ega |
Ashyoviy huquqlar tizimida cheklangan ashyoviy huquqlarning koʻpchiligi ergashma huquqlar salanadi. Uzufrukt, superfitsiy, yer uchatkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi va boshqalar.
Bundan tashqari ergashma huquqning quyidagi turlari bor:
- Garov huquqi: Asosiy majburiyatni taʼminlash uchun xizmat qiladi.
- Servitut: Asosiy mulk huquqiga bogʻliq boʻlgan cheklangan ashyoviy huquq.
- Foizlar olish huquqi: Asosiy qarz summasiga bogʻliq.
- Neustoyka (jarima, penya) talab qilish huquqi: Asosiy majburiyatning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun qoʻshimcha toʻlov.
Ergashma huquq va mustaqil huquq oʻrtasida quyidagi farqlar mavjud:
- Mustaqil huquq oʻz-oʻzidan mavjud boʻlishi va boshqa huquqlarga bogʻliq boʻlmagan holda oʻtkazilishi mumkin.
- Ergashma huquq esa faqat asosiy huquq bilan birga mavjud boʻladi va oʻtkaziladi.