Skip to main content

Haydovchilik guvohnomasi yo‘qolsa, nima  qilish lozim?

Haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun MRIBga quyidagi hujjatlar topshiriladi:

  • • Haydovchining arizasi;
  • • Imtihon varag‘i;
  • • Salomatlik to‘g‘risida tibbiy xulosa (083/x ma’lumotnomasi);
  • • Davlat boji to‘langani to‘g‘risida kvitansiya;
  • • Imtihon varag‘i yo‘qolganida: avtomaktabdan ma’lumotnoma yoki DYHXX MRIBdan imtihon topshirilgani haqida ma’lumotnoma.

Yo‘qotilgan guvohnoma dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topshirilganidan, shuningdek transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilar guvohnomalari kartotekasi tekshirilganidan keyin beriladi.

Agar guvohnoma o‘g‘rilangan yoki yong‘inda, tabiiy ofat oqibatida yo boshqa, yengib bo‘lmas holatlar oqibatida yo‘qotilgan bo‘lsa, imtihonlar topshirish shart bo‘lmaydi. Bunda vakolatli davlat idorlari dan xulosa/ma’lumotnoma taqdim etish kerak bo‘ladi.

Haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun fuqarolar:

  • ➖ O‘g‘rilangan yoki yong‘in/tabiiy ofatda yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasining dublikatini olish uchun EKIHning 0,7 barobari miqdorida (2019 yil sentyabr oyida – 156 100 so‘m) to‘lov to‘lanadi.
  • ➖ Yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasining dublikati 1 EKIH – 223 000 so‘mga tushadi.

Guvohnoma tiklash uchun vaqt ketadi. Bu vaqt davomida haydovchiga bir oylik muddatga vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi.

 Agar guvohnomani tiklash jarayoni cho‘zilib ketsa, vaqtinchalik ruxsatnoma yana 30 kunga uzaytiriladi.

Categories: Transport