Kreditdan qarzdorligini aliment pulidan undirish toʻgʻrimi?
MIB xodimlari qarzdorlikni undirishga qilgan harakatlari majburiy ijro etish choralari hisoblanadi. Ammo ularning harakatlariga huquqiy baho beradigam boʻlsak, Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi Qonunning 69-moddasiga binoan undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:
- ➖ mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli ko‘rilgan zararni to‘lash summalariga;
- ➖ xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a’zolariga to‘lanadigan summalarga;
- ➖ bola tug‘ilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
- ➖ aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lanadigan summalarga;
- ➖ mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun to‘lanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya ta’siriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda to‘lanadigan summalarga;
- ➖ homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa summalariga;
- ➖ dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
- ➖ qisman haq to‘lanadigan ta’til davrida bolani parvarishlash uchun to‘lanadigan summalarga va konunda ko‘rsatilgan boshka summalarga.
Demak, aliment undiruv karatilishi mumkin bo‘lmagan summaga kiradi, shuning uchun kredit karzdorligi alimetdan ushlab kolish noto‘g‘ri.