Skip to main content

Mentor-oʻqituvchining vazifalari nima?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustda 246-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish Tartibi 16-bandida Mentor-oʻqituvchining vazifalari belgilangan.

Ushbu bandga koʻra mentor-oʻqituvchi quyidagi vazifalarni bajaradi:

➖ tasdiqlangan reja va dasturlarga binoan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini yuqori saviyada va samarali tashkil etish choralarini koʻradi;

➖ “Kasbiy rivojlanish kuni” oʻquvlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlarini munosib tayyorgarlik asosida tashkil qiladi;

➖ “Kasbiy rivojlanish kuni” oʻquvlarida oʻzlashtirilgan materialni yetakchi oʻqituvchilar tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasasidagi “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida amalda qoʻllanilayotganini saylanma tarzda oʻrganadi va ularga metodik tavsiyalar beradi;

➖ “Kasbiy rivojlanish kuni” oʻquvlari samaradorligini oshirish va keyingi oʻquv yilida dasturni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va tuman (shahar) ishchi guruhiga taqdim etadi;

➖ “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida tegishli fan metodika birlashmasi bilan birgalikda oʻqituvchilarning darslarini tahlil qiladi, ularga metodik yordam koʻrsatadi, kasbiy rivojlanishi boʻyicha tavsiyalar beradi;

➖ “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish jarayonida tartib-qoidalarning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan holatlar haqida tuman (shahar) ishchi guruhiga maʼlum qiladi;

➖ “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarida ishtirokchilarning davomati va faolligini elektron qaydnomaga kiritadi;

➖ “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirida qatnashmagan ishtirokchi(lar) haqida u(lar) ishlaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbari va tuman(shahar) ishchi guruhlariga tadbir oʻtkazilgan kuni maʼlum qiladi. 

Categories: Pedagogik soha