Milliy gvardiya maktabdagi davomad yuzasidan jazolovchi emas, yordam beruvchi funksiyani amalga oshirishi kerak. “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini keng joriy etish, “Oila-mahalla-maktab” uzviy tizimi asosida voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2024 yil 26 fevralda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Milliy gvardiya o‘rtasida 4-k/k va 5-k/k sonli qo‘shma qaror imzolangan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida maktablarda davomat endilikda milliy gvardiya tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning so‘zlariga ko‘ra
Maktab vazirligi va Milliy gvardiya mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari o‘quvchilarning davomat masalasini “ota-onalar va mahalla faollari bilan hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha” o‘rganish olib borayotganini qayd etgan.
Milliy gravdiya davomadni yaxshilashga harakat qilishi, bunda maktabning ichki ishlariga aralashi mumkin bo‘lmaydi. Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonun 5-moddasida
pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish, uning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek unga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilish taqiqlanishi qayd etilgan.
Bu haqida Dilfuza Sobirova ham alohida ta’kidlab, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlarining ishga kelib-ketishi yoki boshqa mehnat majburiyatlariga amal qilish jarayonlari vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tartibga solinadi. Pedagoglar faoliyati boshqa tashkilotlar tomonidan nazorat qilinishini aytib o‘tgan.
Shuningdek, mazkur masalada Milliy gvardiya matbuot xizmati ham fikr bildirib, Milliy gvardiyaning vazifasi bolalar va ota-onalar bilan maqsadli, shu jumladan, psixologik ish olib borish, “oila — mahalla — maktab” zanjiridagi barcha bo‘g‘inlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish” ekanni qayd etilgan.
Shu bilan birga, Milliy gvardiyaning xabarida “Davomatni nazorat qilish orqali Milliy gvardiya bolalarning maktabga bormaslik sabablarini aniqlaydi va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun bu haqda tegishli tuzilmalarni xabardor qiladi” deyilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, gvardiya xodimlari jazolash, maktabning ichki ishlariga aralashish, maktab rahbariyatiga yoki pedagog xodimlarga bosim o‘tkazishga haqli emas.