Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish muddatlariga rioya qilish xodim tomonidan ham, ish beruvchi tomonidan ham rioya qilinishi zarur boʻlgan qonun talabidir. Ogohlantirish muddatlariga rioya qilmaslik nizoli holatlar yuzaga kelishiga sabab boʻladi.
Shuningdek, ish beruvchi tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishning qonuniyligiga oid nizolarni hal qilishda sudlar xodim ish beruvchi tomonidan tegishli asosga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilmoqchi boʻlganligi toʻgʻrisida ogohlantirilganligiga ham alohida eʼtibor qaratadi.
Shuning uchun ham, mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat shartnomasi taraflari (xodim va ish beruvchi) belgilangan muddatlarda yozma ravishda ogohlantirishga alohida diqqat qaratishlari zarur.
Xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida faqat mehnat munosabatlarini bekor qilish huquqiga ega mansabdor shaxsgina ogohlantirilishi mumkinligidan kelib chiqib, ogohlantirish tegishli mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi shart. Ogohlantirishda xodimning imzosi boʻlmagan taqdirda ham ish beruvchi xodimning belgilangan muddatda ogohlantirish bilan tanishtirilgani, lekin xodim imzo qoʻyishdan bosh tortgani haqida ishonarli dalillar keltirsa, sud xodimni oʻz vaqtida mehnat shartnomasining bekor qilinishi boʻyicha ogohlantirilgan deb topishi mumkin.
Oʻz navbatida xodim ham oʻz tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilganda 14 kalendar kunlik yoki ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlariga qatʼiy rioya etishi lozim (MK 160-moddasi 1-qismi). MK 160-moddasining 8-qismida koʻrsatilgan uzrli sabablar mavjudligi tufayli mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak. Shuningdek, agar xodim mehnat shartnomasini uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan bekor qilish toʻgʻrisida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni ushbu asos boʻyicha tugatishga qaror qilgan taqdirda ish beruvchini mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida 3 kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak (MK 158-moddasi 1-qismi).
Diqqat! Myehnat huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi yoki bekor boʻlishi bilan bogʻlanadigan muddatlarni hisoblash uning boshlanishi belgilangan kalendar sanadan keyingi kundan eʼtiboran boshlanadi. Agar muddatning soʻnggi kuni ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi (MK 9-moddasi).
Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish muddatlari (Yangi Mehnat kodeksi boʻyicha) | ||||||||||||||||
Mehnat shartnomasini bekor qilish asosi | 132- m | 137-m 4-q | 143-m 2-q | 146-m 5-q | 156-m 5-q | 157 | 158 | 160 | 161 2-q 1-b | 161 2-q 2-b | 161 2-q 3-b | 161 2-q 4-b | 161 2-q 5-b | 161 2-q 6-b | 168-m 1-q 6-b | 169 |
Ogohlantirish muddati | 3 kun1 | kamida 2 oy2 | – | kamida 2 oy3 | – | – | kamida 3 kalendarkun4 | 14 kalendar kun. Ayrim toifa xodimlar uchun alohida muddatlar belgilangan5 | kamida 2 oy | kamida 2 oy | kamida 2 hafta | kamida 3 kun | Ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan muddatlar7 | kamida 2 oy8 | – | |
MK VI boʻlimida ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan boshqa ogohlantirish muddatlari belgilangan6 | ||||||||||||||||
Ogohlantirish muddatini pulli kompensatsiyaga almashtirish shakli | MK 137-moddasi 3-qismi tartibida2 | 2 xaftadan oshadigan muddatish beruvchining xohishi asosida3 | Ish beruvchi MK 164-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan xodimni ogohlantirish muddatlarini ogohlantirish muddatining davomiyligiga muvofiq keladigan pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqlidir yaʼni xodim bilan kelishish shart emas! Diqqat! Xodimga ogohlantirish muddatiga mutanosib pulli kompensatsiya toʻlash ish beruvchini qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar (MK 100, 173-moddalariga qarang) amalga oshirish majburiyatidan, shuningdek oʻzga toʻlovlarni, agar ular mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, amalga oshirishdan ozod etmaydi (MK 165-moddasi 3-qismi) Diqqat! Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi, bundan mehnatga oid munosabatlarning tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) tugatilganligi munosabati bilan tugatilishi mustasno (MK 165-moddasi 5-qismi). | 168-modda 3-qismi tartibida |
- Dastlabki sinov muddati tugaguniga qadar taraflarning har biri ikkinchi tarafni kamida 3 kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli. Bu muddatni qisqartirishga faqat shartnoma taraflarining kelishuvi bilan yoʻl qoʻyiladi.
- Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi oʻzgarishi haqida xodimni kamida 2 oy oldin yozma shaklda, imzo qoʻydirib ogohlantirishi shart. Koʻrsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoʻl qoʻyiladi (MK 137-moddasi 2-qismi)
Ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi oʻzgarishi toʻgʻrisida xodimni ogohlantirishning 2 haftadan ortiq boʻlgan muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Bunda xodimni ogohlantirish paytidan eʼtiboran 2 haftalik ogohlantirish muddati faqat xodimning roziligi bilan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin (MK 137-moddasi 3-qismi)
Diqqat! Ish beruvchi boʻlgan mikrofirma xodimni mehnat sharoitlarining oʻzgarishi toʻgʻrisida kamida 1 oy oldin yozma ravishda xabardor qilishi shart (MK 505-moddasi).
Diqqat! Yakka tartibdagi tadbirkor mehnat shartlari oʻzgartirilishi toʻgʻrisida xodimni kamida 14 kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart (MK 510-moddasi).
Diqqat! Ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxs h mehnat shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida uy ishchisini kamida 14 kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart (MK 517-moddasi).
- Ish beruvchi xodimni ish beruvchining kelgusida boshqa joyga (xodimning yashash joyidan unga yashash joyiga qaytish imkonini bermaydigan masofada joylashgan hududga) koʻchishi toʻgʻrisida kamida 2 oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart. Ish beruvchi oʻzining kelgusida boshqa joyga koʻchishi toʻgʻrisida xodimni 2 haftadan oshadigan ogohlantirish muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli.
Diqqat! Ish beruvchi boʻlgan mikrofirma xodimni ish beruvchining boshqa joyga koʻchishi munosabati bilan joyning oʻzgarishi toʻgʻrisida kamida 1 oy oldin yozma ravishda xabardor qilishi shart (MK 505-moddasi).
- Muddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinadi. Mehnat shartnomasini uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan bekor qilish toʻgʻrisida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni ushbu asos boʻyicha tugatishga qaror qilgan taraf boshqa tarafni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida 3 kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak, bundan ish joyi (lavozimi) saqlanayotgan xodim yoʻq boʻlgan davrga tuzilgan muddatli mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugaydigan hollar mustasno.
- Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini 14 kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. Oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari quyidagilarga nisbatan belgilab qoʻyilgan:
2 oy oldin: tashkilot rahbari (MK 489-moddasi 3-qismi);
1 oy oldin: rahbar oʻrinbosarlari, tashkilotning bosh buxgalteri va tashkilot alohida boʻlinmasining rahbari (MK 489-moddasi 4-qismi);
3 kun kalendar kun oldin: mavsumiy xodimlar (MK 494-moddasi 1-qismi);
3 kun kalendar kun oldin: vaqtinchalik ishlarda band boʻlgan shaxslar (MK 499-moddasi 1-qismi);
7 kun kalendar kun oldin: mikrofirmalar ish beruvchilarining xodimlari (MK 506-moddasi 1-qismi);
7 kun kalendar kun oldin: yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlaydigan shaxslar (MK 511-moddasi 1-qismi);
7 kun kalendar kun oldin: uy ishchilari (MK 518-moddasi 1-qismi).
Mehnat shartnomasini sportchining tashabbusi bilan bekor qilish toʻgʻrisidagi ogohlantirish muddatining davomiyligi mehnat shartnomasi taraflari tomonidan tegishli sport turi yoki turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi sport federatsiyalarining (assosiatsiyalarining) tavsiyalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi (hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi) belgilaydigan muddatlar inobatga olingan holda aniqlanadi (MK 503-moddasi oxirgi qismi).
MK 160-moddasi 4-qismiga koʻra, xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashiga qadar ham bekor qilinishi mumkin.
Shuningdek, MK 160-moddasi 8-qismiga koʻra, mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza u oʻz ishini davom ettirishi mumkin emasligi (taʼlim tashkilotiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollarda) bilan bogʻliq boʻlgan hollarda ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilayotgan muddatda bekor qilishi kerak.
- Ayrim toifadagi xodimlar bilan ish beruvchi tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda boshqa ogohlantirish muddatlari belgilangan.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi oʻz niyati toʻgʻrisida mavsumiy xodimni:
tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) tugatilishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi 2-qismining 1-bandi), shuningdek xodimlarning soni yoki shtati oʻzgarishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi 2-qismining 2-bandi) mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida 7 kalendar kun oldin;
mavsumiy xodim malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi 2-qismining 3-bandi) mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida 3 kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qoʻydirib ogohlantirishi shart.
Mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bogʻliq asoslarga koʻra bekor qilingan taqdirda (ushbu Kodeks 161-moddasi 2-qismining 4-5-bandlari) mavsumiy xodim oʻzi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida 1 kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi. Mavsumiy xodimni ogohlantirish oʻrniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya toʻlashga haqli (MK 494-moddasi 4-qismi).
Ish beruvchi tashkilotning (uning alohida boʻlinmasining) tugatilishi (ushbu Kodeks 161-moddasi 2-qismining 1-bandi), xodimlar sonining yoki shtatining oʻzgarishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi 2-qismining 2-bandi), shuningdek xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi 2-qismining 3-bandi) mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi oʻz niyati toʻgʻrisida vaqtinchalik xodimni kamida 3 kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qoʻydirib ogohlantirishi shart. Vaqtinchalik xodimni ogohlantirish oʻrniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya toʻlashga haqli (MK 494-moddasi 4-qismi);
Mazkur ishga oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan xodim qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi bu haqda oʻrindoshni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida 2 hafta oldin yozma shaklda ogohlantiradi yoxud mutanosib miqdorda pulli kompensatsiya toʻlaydi (MK 441-moddasi 1-qism 1-bandi).
Vaqtinchalik xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi vaqtinchalik xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bogʻliq asoslarga koʻra bekor qilingan taqdirda (ushbu Kodeks 161-moddasi 2-qismining 4-5-bandlari), vaqtinchalik xodim oʻzi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida 1 kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi. Vaqtinchalik xodimni yozma ravishdagi ogohlantirish oʻrniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya toʻlashga haqli (MK 499-moddasi).
Ish beruvchi boʻlgan mikrofirma xodimini mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi, agar ular belgilanmagan boʻlsa, xodimlarga ushbu Kodeks hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi (MK 506-moddasi 4-qismi);
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimni mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi (MK 511-moddasi 5-qismi);
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati toʻxtatib turilgan hollarda xodimning oʻrtacha ish haqi 2 hafta davomida saqlanib qoladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyati toʻxtatib turilishi munosabati bilan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini xodimga ushbu shartnomada nazarda tutilgan miqdorda, lekin xodimning 2 haftalik oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda kompensatsiya toʻlagan holda bekor qilishga haqli. Mazkur miqdordagi pulli kompensatsiya yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatining bir haftadan ortiq davom etgan toʻxtatib turilishi davrida, xodim mehnat shartnomasini oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilgan taqdirda ham toʻlanadi (MK 511-moddasi 7-qismi).
Uy ishchisini mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi, agar ular belgilanmagan boʻlsa, xodimlarga ushbu Kodeks hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi (MK 518-moddasi 7-qismi).
- Mazkur ishga oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan xodim qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi bu haqda oʻrindoshni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida 2 hafta oldin yozma shaklda ogohlantiradi yoxud mutanosib miqdorda pulli kompensatsiya toʻlaydi (MK 441-moddasi 1-qismi 1-bandi)
- Ish beruvchi tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi boʻyicha xodimni mehnat shartnomasi bekor qilinganligi (MK 168-moddasi 1-qismi 6-bandi)toʻgʻrisida kamida 2 oy oldin yozma ravishda (imzo qoʻydirib) ogohlantirishi yoki xodimga ogohlantirish muddatining davomiyligiga mos keladigan pul kompensatsiyasini toʻlashi shart (168-modda 3-qismi).
Toshkent davlat yuridik universiteti
Mehnat huquqi kafedrasi katta oʻqituvchisi
Karimjonov Muhammadamin