Skip to main content

Olis hududda ishlaganlik uchun imtiyoz kimlarga beriladi?

  • Ma’lumki, olis hududlarga* ishlash uchun borgan quyidagi toifadagi shaxslarga:

    olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi;
  • boshqa hududda yashovchi tibbiyot xodimi (keyingi o‘rinlarda — tibbiyot xodimi) olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga (keyingi o‘rinlarda — tibbiyot muassasasi) ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari berilishi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi.

Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4940-son Qarorga ko‘ra boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi hamda uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha imtiyozlardan olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda ta’lim muassasalariga ishga qabul qilingan:

  • oliy ma’lumotli boshqa hududda yashovchi shifokorlar va mutaxassislar;
  • shuningdek, oliy ta’lim muassasasining bakalavriati yoki magistraturasini (ta’lim shaklidan qat’i nazar — kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega.

*Izoh:
olis va chekka hudud deganda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarorida belgilangan hududlar tushuniladi.

Categories: Mehnat huquqi