O‘zini o‘zi band qilgan shaxs qancha aliment to‘laydi?

Aliment bolaning haqqi! Shu tufayli ota-ona ularni moddiy jihatdan ta’minlamasa, davlat qonuniy yo‘l bilan ulardan voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undiradi.

Oila kodeksining 96-moddasida har bir ota-ona o‘zining voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashi shart ekanligi belgilangan.

Oila kodeksining 99-moddasiga binoan aliment to‘lovi agarda ota ona o‘rtasida alohida kelishuv mavjud bo‘lmasa sud tomonidan bolalar soniga qarab belgilanadi.

Ular quyidagicha ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:

  • bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi;
  • ikki bola uchun — uchdan bir qismi;
  • uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.

Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

E’tibor bering! Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoniga ko‘ra:

  • hozirda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori 1 050 000 so‘m etib belgilangan.

Demak, 1ta bola uchun aliment o‘rtacha oylik ish haqining ¼ miqdorida biroq har bir bola uchun taxminan 278 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqaroning daromadlarining aniq miqdori belgilanmagani uchun, Oila kodeksining boshqa moddasi ishga tushadi. Ya’ni OK 102-moddasiga ko‘ra

aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda bo‘lmay, o‘zgarib tursa aliment miqdori har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

Shunga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan fuqarodan sud alimentni qat’iy pul summasida belgilashi mumkin.

Kimlar farzandlikka olishda ustunlikka ega boʻladilar?

Farzandimni chetga chiqishiga taqiq qoʻysam boʻladimi?

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga oʻzgartirish kiritsa boʻladimi?

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?

Shariy nikohdagi xotin umumiy mol-mulkdan hech narsa ololmaydimi?

Aliment to‘lamagan qamaladimi?