Skip to main content

Qaysi fanlar 2 guruhga bo’lib o’tiladi?

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bir sinfda necha nafar oʻquvchi oʻqishi, qanday hollarda sinflardagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib, dars mashgʻulotlarini tashkil etish tartibi tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilab qoʻyilgan.

Misol uchun, qaysi fanlarda oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻtish mumkin degan savol tugʻilishi tabiiy, albatta. Bu savolga javob berish uchun VMQ 140-sonli qarorni tahlil qilishingiz zarur.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida” gi nizomning 28-bandiga koʻra belgilangan meʼyorlar boʻyicha tegishli maydonga ega boʻlgan umumtaʼlim muassasasining sinflari toʻliqligi 35 nafardan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kam komplektli umumtaʼlim muassasalarida (filiallarda) boshlangʻich sinf oʻquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:

➖ oʻquvchilar soni 8 nafargacha boʻlgan I — IV sinflar;

➖ oʻquvchilar soni 12 nafargacha boʻlgan uchta boshlangʻich sinf;

➖ oʻquvchilar soni 24 nafargacha boʻlgan ikkita boshlangʻich sinf (I va III, II va IV sinflar).

Mazkur Nizomning 29-bandida malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:

oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining:

➡️ I — XI sinflarida “Chet tili” fani;

➡️ ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

➡️ V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;

➡️ VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”;

➡️ V — IX sinflarda “Texnologiya”;

➡️ X-XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fanlari;

➡️ taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Oʻzbek tili” fani hamda taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.

Demak, maktabda agar malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlsa, yuqoridagi fanlar doirasida oʻquv darslarini ikki guruhga boʻlgan holda tashkillashtirilgan mumkin boʻladi

Categories: Pedagogik soha