Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Reyd, ya’ni, maxsus tadbirlar — yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan yo‘l transport hodisalari hamda huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga doir, kompleks vazifalarni bajarishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarma (bo‘lim, bo‘linma)larining rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yoki o‘zaro kelishilgan reja asosida yo‘l-patrul xizmati (keyingi o‘rinlarda YPX deb ataladi) xodimlari, shuningdek, davlat boshqa organlarining vakillari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan harakatlar majmui sanaladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom 10-bandiga muvofiq, maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida YPX xodimi tomonidan transport vositasi to‘xtatilganda, yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirning aynan nima maqsadda o‘tkazilayotganligi hamda to‘xtatish sababi haqida tushuntirish berilishi kerak.

Shuningdek, haydovchi maxsus tadbirlarni haqiqatda tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilayotganligi haqida markaziy axborot-dispetcherlik xizmati — axborot-dispetcherlik xizmatiga  telefon qilish yoki ushbu xodim xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilish orqali ma’lumot olishi mumkin. Bunda YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchisining talabiga ko‘ra, ushbu telefon raqami haqida ma’lumot beradi.

Yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirlarning o‘tkazilish maqsadi, transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimi maxsus tadbirda ishtirok etgan yoki etmaganligi, transport vositasi to‘xtatilgan hududda maxsus tadbir o‘tkazilganligi haqida ma’lumot beriladi.

Yo‘l harakati qatnashchisi uni to‘xtatgan YPX xodimi xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilganda, murojaat muallifiga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan javob xati beriladi.

E’tibor bering! Maxsus tadbirning shartli nomlanishi, to‘liq mohiyati hamda ko‘lami haqida ma’lumot, shuningdek, maxsus tadbirning o‘tkazilishiga asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatilmaydi, ulardan nusxalar berilmaydi.

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Kimlar transport vositasini boshqara olmaydi?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin

Qaysi kasalliklar uchun xavfsizlik kamarida imtiyoz mavjud?

Sariqda harakatlanganlik uchun javobgarlik bormi ?

Mashina old oynasini necha foizgacha qoraytirish mumkin?

Tormoz berganga ham jarima bormi?