Skip to main content

Taksichilik bilan shugʻullansam, qanday soliq toʻlayman?

Soliq toʻlash davlatning rivojlanishi va jamoat xizmatlarini moliyalashtirish uchun zarur. Soliqlar evaziga infratuzilma, taʼlim, sogʻliqni saqlash va xavfsizlik tizimi taʼminlanadi. Har bir fuqaro va korxonaning soliq toʻlashi mamlakat iqtisodiyotining barqarorligiga hissa qoʻshadi. Ammo baʼzi bir faoliyat turi bilan shugʻullanadigan shaxslarning qancha miqdorda daromad qilishini bilish qiyin. Shu bois ular oʻz faoliyatini oʻzini-oʻzi band qilganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma va litsenziya olib yuritishi mumkin. Ulardan bir kirakashlik faoliyati bilan shugʻullanish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarorining yangi tahririga koʻra “Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati” keltirib oʻtilgan. Ushbu roʻyxatda 104-raqam ostida “Yengil avtotransport vositasida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish (litsenziya varaqasi boʻlganda)” degan bandi mavjud.

Agarda shaxs ushbu faoliyat bilan shugʻullanmoqchi boʻlsa, Soliq inspeksiyasining hududiy boʻlimga borib yoki my.gov.uz orqali oʻzini band qilib, guvohnoma olishi lozim. Soʻngra, Davlat xizmatlari markaziga borib yoʻlovchi tashish litsenziyasini olib kirakashlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.

Hozirgi kunda Davlat xizmatlari markaziga borib litsenziya olish narxi 375 000 soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari 25.06.2025-yil hoatiga). Agar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) dan foydalansa 10% chegirma bilan 337 500 soʻmni toʻlab (bazaviy hisoblash miqdorining 0.9 foizi) litsenziya olish mumkin.

Categories: Blog