Talaba vafot etsa, kontrakt puli qaytariladimi?
Talabalar oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan boʻlsa, maʼlum belgilangan darajada kontrakt toʻlovlarini toʻlab oʻqiydi. Ammo baʼzi vazifalarda toʻlagan kontrakt summasini qaytarib olishni imkoni bor. Misol uchun, talaba vafot etsa, uning qonuniy vakillari oliy taʼlim muassasasiga murojaat qilib, kontrakt summasini maʼlum bir qismini qaytarib olishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi Oʻzbekiston 20.06.2017 yildagi 393-sonli Qaroriga koʻra, Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)da toʻplagan natijalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qoʻshimcha oʻrinlarga qabul qilinmay qolgan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yiliga amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobar va undan ortiq oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdorida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi.
Oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt shartlarini birinchi oʻquv yili uchun toʻliq bajargandan soʻng oliy taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
Kontrakt shartnomasini har bir universitet va uning talabasi oʻrtasida, maʼlum shartlar asosida tuziladi. Kontraktni toʻlash tartibi va muddati, uni qaytarish tartibi universitet bergan kontrakt shartnomasida belgilanadi. Kontrakt shartnomasi xaq evaziga tuzilgan shartnomalar turiga kiradi. Yaʼni, universitet taʼlim berish, talaba esa uni haqini toʻlash majburiyatini oladi. Agar bir tarafning aybi bilan bu shartnoma buzilgan boʻlsa, kontrakt toʻlovi qaytarilmaydi.
Lekin talabani vafot etagani fors-major xolati hisoblanib, u yil davomida haqi toʻlangan, lekin oʻqilmagan muddat uchun pulning maʼlum miqdori qaytarilishi mumkin. Bu toʻgʻrisida rektor nomiga ariza bilan uning qonuniy vakillari murojaat qilishi mumkin.