Skip to main content

Yoʻlda quloqchindan foydalanish javobgarlikka sabab boʻladi(mi?)

Yoʻl qoidalarini buzish haydovchilar bilan birgalikda piyodalar orasida ham uchrab turadi. Biz har kuni oʻzimiz bilmagan holda koʻplab huquqbuzarliklar sodir etamiz va oʻzimiz bilan birgalikda boshqalarning ham hayotini xavf ostiga qoʻyamiz.

Misol uchun sarlavhada koʻtarilgan masalada.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 138-moddasiga koʻra, piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi

— bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yuqoridagi normada aytilganidek, audiomateriallarni eshitish deganda quloqchindan foydalangan holda yoʻlni kesib oʻtish nazarda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoniga koʻra 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab BHM 375 000 soʻm etib belgilangan.

Shunday ekan, yuqoridagi kabi holatlarda yoʻl harakati qoidalarini buzish 125 000 soʻm jarimaga sabab boʻladi.

Ammo bu yerda gap faqat pul haqida emas, balki boshqa insonlarning hayotini ham tahdid ostiga qoʻyish hisoblanadi. Shunday ekan hurmatli fuqarolar oʻzingiz va oʻzgalarning hayotini xavf ostiga qoʻymasdan qonun talablariga boʻysuning!

Categories: Huquqbuzarlik