14 yoshga to‘lgan bola otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi
Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 77-moddasi hamda Oila kodeksining 96-moddasiga asosan ota-onalar farzandlariga ular voyaga yetgunlaricha ta’minot berishlari shart. Bu ularning o‘z farzandlari oldidagi majburiyatidir.
Ammo shunday holatlar ham bo‘ladiki, ota-ona o‘rtasida aliment to‘lash haqida kelishuv tuzilmaydi, aliment ota yoxud ona tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘lanmaydi, ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo yoxud ariza bilan murojaat qilmaydi.
Mana shunday vaziyatlarda 14 yoshga to‘lgan bola Oila kodeksining 96-moddasiga binoan ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli bo‘ladi.
Bundan tashqari, ota-ona 14 yoshga to‘lganl farzand(lar)ida alohida-alohida yashagan vaqtlarida bola bir vaqtning o‘zida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli bo‘ladi.