Tuhmat – huquqbuzarlikning bir turi bo’lib, uning obro’siga putur yetkazadigan odam haqida yolg’on ma’lumtlarni tarqatish sanaladi. Bu aytilgan gaplar nafaqat ular haqida bo’lgan odamga, balki boshqalarga ham aytilishi kerak va ular yolg’on bo’lishi va shaxsning obro’siga putur etkazishi kerak.
Bunday huquqbuzarlik uchun qonunda bir qator jazo choralari belgilanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasiga muvofiq bunday qilmish uchun:
- bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa Jinoyat kodeksining 139-moddasiga muvofiq:
- bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima;
- yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Agar tuxmat internetda yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan bo‘lsa, shaxsga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyiy javobgarlik chorasi qo‘llanilib, u:
- bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima;
- yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi*.
Izoh:
* 2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.