Hozirda maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etiladigan turli huquqbuzarliklar uchrab turadi. Misol uchun boshqa o‘quvchilar bilan janjallashish, boshqa o‘quvchilarga tuxmat yoki ularni haqorat qilish va boshqalar.
Bunday vaziyatlarda huquqbuzarga emas, ularning ota-onasiga jazo chorasi qo‘llanilishi holatlari ham mavjud.
Bu o‘quvchining ma’muriy yoki jinoiy jazo chorasi qo‘llash yoshiga yetmaganligi bilan izohlanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilish yoshi 16 yosh etib belgilangan.
Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi ham 16 yosh etib belgilangan. Lekin Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq ayrim jinoyat uchun 14 yoki 18 yoshdan boshlab shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Demak, o‘quvchi sodir etgan huquqbuzarligi va yoshidan kelib chiqib javobgarlikka tortilishi mumkin.