Kimlar imtiyozli pensiyaga chiqishga haqli?

Pensiyaga chiqishda ish stajidan tashqari yoshga oid meyor ham belgilanadi. Umumiy qoida bo‘yicha  yoshga doir pensiya olish huquqiga:

  • erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
  • ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Bu Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonuni 7-moddasida mustahkamlangan. Shu bilan birga pensiyaga chiqish yoshini kamaytirish bo‘yicha bir qator imtiyoz bor.

Xususan, qonun 10-moddasida yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega kasblar toifasi belgilangan. Unga ko`ra:

  1. kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar;
  2. bevosita erosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo‘lsalar;
  3. uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda.
    Yuqorida qayd etib o‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko‘ra uchish ishlaridan bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar;
  4. teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:
    ijodiy ish staji kamida 20 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, IV qism);
    ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, V qism);
    ijodiy ish staji kamida 30 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat,VI qism);
  5. sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, VII qism).

Ushbu qonun 9-moddasi hamda Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxati tasdiqlangan. Uning:

1-ro`yxatida talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda yoshidan qat’i nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlar;

2-ro`yxatida talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda umumiy belgilangan yoshdan 10 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar;

3-ro`yxatida talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar belgilangan.

Agar shaxsning kasbi yuqoridagi ro‘yxatlardan birida bo`lsa, unda imtiyozli pensiyaga chiqish huquqi mavjud.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud