Hozirda pedagog xodimlarga turli xildagi ustamalar to‘lanmoqda. Ko‘pchilik o‘qituvchilar mehnat ta’tili davrida yoki vaqtincha mehnatga qopilyatsizlik vaqtida shuningdek, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida yohud boshqa ishlanmaydigan vaqtlarda saqlanib qoladimi? Ular to‘lanadimi? Degan mazmundagi savollarni berishadi.
Ustama bu xodimga alohida to‘lanadigan to‘lov emas!
U xodimning ish haqi tarkibiga kiradi. Mehnat kodeksining 248-moddasiga asosan ish haqi asosiy (bazaviy) va qo‘shimcha (o‘zgaruvchan) qismlardan iborat bo‘ladi.
- Ish haqining asosiy qismiga ish beruvchida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash tizimi asosida xodimga belgilangan mehnat normalariga (tarif stavkalariga, lavozim maoshlarga, kelishuvga ko‘ra belgilangan aniq summalar) ko‘ra haqiqatda ishlab berilgan vaqt yoki haqiqatda bajarilgan ish uchun to‘lanadigan pul kiradi.
- Ish haqining qo‘shimcha (o‘zgaruvchan) qismi qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, shuningdek mukofotlar va kompensatsiya yoki rag‘batlantirish xususiyatiga ega boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
Mana shu qoidaga ko‘ra xodimlarning ish haqi asosiy (bazaviy) + qo‘shimcha to‘lovlardan tashkil topadi.
Maktab o‘qituvchilarining ish haqlari ham shunday shaklda hisoblanadi. Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 3-bandiga ko‘ra xalq ta’limi xodimlarining lavozim maoshlari:
- xalq ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
- xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi.
Shunga ko‘ra xodimning ish haqi bazaviy tarif stavkasi va ustamalardan tashkil topadi. Shuning uchun xodimga ustama alohida, ish haqi alohida to‘lanmaydi, ular birgalikda to‘lanadi.
Xodimlarga mehnat ta’tili, homiladorlik va tug‘ish ta’tili, vaqtincha mehnatga qopilyatsizlik davri uchun to‘lanadigan to‘lovlar xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi yoki ish haqlaridan kelib chiqib to‘lanadi. Shu sababli bu davrda xodimlarga ustama to‘lanmaydi. Chunki ularga to‘langan ta’til pullari yoki nafaqalar tarkibida ularga to‘lanadigan ustamalar ham mavjud bo‘ladi.