Sababsiz signal chalsa jarimaga tortiladimi?

Yo‘llarda transport vositalari ko‘paygani sari avtotransport vositalarida harakatlanish ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bularga ayrim haydovchilarning huda-behudaga signal chalishlarini misol qilish mumkin.

Qonun chiqaruvchi va hukumat shunday holatlarning oldini olish uchun alohida qoidalarni ishlab chiqqanligini bilasizmi?

Yo‘l harakati qoidalarining 48-bandiga muvofiq faqat quyidagi hollardagina tovushli ishoralardan foydalanish mumkin:

  • aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun;
  • zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.

E’tibor bering! Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi va buning uchun ma’muriy javobgarlik mavjud.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasiga ko‘ra, tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish:

  • bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda yuqoridagi 2 ta holatdan tashaqari signal chalsangiz jarimaga tortilasiz.

Izoh:

2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra BHM 340 000 so‘m etib belgilangan.

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?

PPX xodimlari qanday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy bayonnoma tuzishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan suv tarmog‘iga ulanib olganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

Notcoin sotishga javobgarlik bormi?

Tamakini faqatgina jamoat joyida chekmaslik kerakmi?