Pedagog xodimlarga 56 kalendar kun ta’til beriladi

Ta’til olish xodimning huquqi va ish beruvchining majburiyati. Biroq xodim ta’til muddati kelganda uni olishi shart. Mehnat kodeksi 216-moddasiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Aynan mana shu qoidaga ko‘ra xodimlar ta’til olish huquqiga ega.

Ushbu kodeks 218 hamda 501-moddalariga muvofiq pedagoglarga uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.

E’tiborli jihati shundaki, har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi (MK 227-m).

Demak, o‘qituvchi ishga qachon qabul qilinganidan qat’iy nazar u ta’tilni to‘liq oladi. Aytaylik A ismli o‘qituvchi oilaviy sharoit taqazosi bilan mart oyida Toshkent viloyatidan Samarqand viloyatiga ko‘chib o‘tidi. Bunda esa tabiiyki, o‘qituvchi Toshkentdagi maktabdan o‘z tashabbusi bilan ishdan bo‘shadi va Samarqandagi maktabga ishga kirdi. Garchi yozgi ta’tilga qadar o‘qituvchi 3 oy ishlagan bo‘lsa-da, unga yillik mehnat ta’tillari to‘liq ya’ni 56 kalendar kun beriladi.

Chunki Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26 iyundagi 263-son qaroriga asosan o‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektologi uchun 56 kalendar kunidan iborat uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.

Lekin bunda ta’til puli ishlangan davrga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Mehnat kodeksining 233-moddasida har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanishi belgilangan.

Bunda o‘rtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi o‘n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o‘n ikki oydan kam ishlagan bo‘lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi (MK 257-m 1-qism).

Shu qoidaga ko‘ra xodimning o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda u 12 oydan ortiq ishlagan bo‘lsa, uning ta’tilga chiqishdan oldingi 12 oylik davrda korxonadan olgan barcha to‘lovlari (ish haqi, moddiy yordam, mukofot puli va boshqalar) qo‘shilgan holda 12ga bo‘linadi.

Demak, o‘qituvchi 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, ishgan davridagi ish haqlari yuqoridagi tartibda qo‘shiladi va shu ishlangan davrga bo‘linadi. Yuqoridagi misolga qaytadigan bo‘lsak, o‘qituvchi ishga kirganiga 3 oy bo‘lgan holatda, unga ta’til puli shu davrga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?

DMTT pedagog xodimlari haftalik ish yuklamasining miqdori qancha?

Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama beriladi