Hozirgi kunda yomg’irli havoda yo’llarda suv to’planib, loyqa suvlar hosil bo’lyapti. Xo’sh mashinada piyodalarga suv sachratganlik uchun javobgarlik mavjudmi?
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 128-moddasiga binoan, haydovchilarning yo‘lovchilarga loyqa sachratishi:
- bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, ya’ni, 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh:
2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoniga ko‘ra BHM 340 000 so‘m etib belgilangan.