O‘qituvchilar tomonidan mazkur mazmundagi savollar ko‘p beriladi.
O‘quvchi darslarni o‘zlashtirmasa, choraklik natijalari yaxshi chiqmasa, ko‘p dars qoldirsa, o‘quvchini sinfda qoldirish mumkinmi yoki yo‘qligi masalasida munozaralar bo‘lib turadi.
Lekin amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘quvchini sinfda qoldirish asosi faqat bitta.
Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom 36-bandiga ko‘ra yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.
Demak, o‘quvchi faqat yuqoridagi holatdagina o‘zi o‘qigan sinfda qoldirilishi mumkin.