Servitut nima?

Ayrim holatlarda biz o‘zimizga tegishli bo‘lgan bino-inshootlardan, uy-joydan normal foydalanish uchun qo‘shnilarga tegishli yer uchatkalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

Xususan, boshqalarning yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun va shunga o‘xshash maqsadlarda foydalanish zarurati vujudga keladi.

Shunday vaziyatda boshqalarning yeridan bunday tarzda foydalanish sevritut deyiladi.

Fuqarolik kodeksining 173-moddasiga asosan shaxs boshqa shaxslarga tegishli yer uchatkasidan yuqoridagi holatlarda foydalanishga haqli.

Bunda servitut o‘zaro kelishuv bilan yoki kelishuvga erishilmaganda, sud tartibida belgilanadi.

Shuni ham aytish kerakki, servitut o‘rnatilayotgan yer uchatkasi egasi, buning uchun haq talab qilishi va mazkur to‘lov muntazam yoki bir martalik bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni bilan serivtut instituti takomillashtirildi.

Qonunga binoan, servitut ommaviy hamda xususiy sertivutga bo‘linmoqda.

  • Bunda jamoat ehtiyotlari uchun o‘zganing yer uchatkasidan cheklangan tarzda foydalanish ommaviy servitut hisoblanadi. Bunda servitut vakolatli davlat organi tomonidan o‘rnatiladi.
  • Xususiy servitut esa shartnoma asosida taraflarning kelishuvi bilan yoki bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda servitut sud tomonidan o‘rnatiladi.

Fuqarolik kodeksiga yuqoridagi qonun bilan o‘zgartirish kiritilgunga qadar servitut faqat yer uchastkasigagina o‘rnatilishi belgilangan edi. Mazkur qonun bilan binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mulkka servitut belgilash haqida alohida qoida kiritilgan. Uning mazmuniga ko‘ra, zarur holatlarda bino yoki inshootlardan cheklangan tarzda foydalanish zarurati yuzaga kelganda unga nisbatan ham servitut belgilanishi mumkin.

Shu bilan birga, servitutning ergashma huquq sifatida servitut belgilangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda ham servitut saqlanib qolishiga oid maxsus qoidaning kiritilishi mazkur intitutni takomillashtirishga oid muhim o‘zgarishlardan biri sanaladi.

Smart kontraktlar

Oʻzgartirish mulk huquqining vujudga kelishining asosi sifatida

Faktoring. U nima? Qanday ishlaydi?

Kontrfakt tovarlar boʻyicha huquqiy himoya nimalardan iborat

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi