Qurilishdagi qonunbuzarlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

Insoniyat sivilizatsiyasining ramzi hisoblangan qurilish, shu jumladan shaharsozlik hozirgi zamonda juda aktual masala hisoblanadi. Xo‘sh, uning huquqiy asoslar hamda me’yorlari tartibga solinganmi?

Dastavval, Shaharsozlik kodeksi. Ushbu kodeks qabul qilinganiga u qadar ko‘p bo‘lmadi. Mazkur kodeksda shaharsozlik bo‘yicha normalar umumiy tartibda keltirib o‘tilgan. Biroq, shaharsozlik normalari faqatgina ushbu kodeks bilan tartibga solinmagan. Hozirda amalda bo‘lib turgan:

  • Shaharsozlik normalari va qoidalari;
  • Zilzilaviy hududlarda qurilish qoidalari;
  • Binolar va inshootlarning yong‘in xavsizlik qoidalari;
  • O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2019-yil 15-oktabrdagi 480-sonli “Turar joy binolari” to‘g‘risidagi va 2022-yil 19-dekabrdagi 247-sonli “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik ma’lumotlar” to‘g‘risidagi buyruqlari mavjud.
  • Eng so‘ngilardan esa O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2023-yil 12-iyundagi 153-sonli buyrug‘i O‘zbekistondagi qurilish sohasini tartribga soladi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, ushbu normalarni buzganlik uchun qanday javobgarlik choralari mavjud? Birinchi o‘rinda ma’muriy hamda jinoiy javobgarliklarni ko‘rib o‘tamiz.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning IX bobi “Sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” deb nomlanadi hamda uning 99-moddasi shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikka qaratilgan.

Moddadagi sanksiyalar faqatgina jarima solish haqida bo‘lib, modda dispozitsiyasiga qarab bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 100 baravarigacha, ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgan so‘ng 1 yil ichida sodir etilganida esa bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinish bilan cheklanadi.

Eslatma! 2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra BHM 340 000 so‘m etib belgilangan.

Demak, qaysidir qurilish kompaniyasi yuqoridagi normalarni buzganda ko‘pi bilan 34 000 000 (o‘ttiz to‘rt million) so‘m miqdorda jarima bilan jazolanadi.

E’tiborli jihati ushbu qoidalarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud emas, faqatgina ushbu qoidalarning buzilishi natijasida odamlarga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilsagina jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin(Jinoyat kodeksi 258-moddasi).

Xo‘sh bunday turdagi “yengil” jazolar qaysi qurilish kompaniyasining qoidalarni buzmasligini ta’minlay oladi?

Kun.uz nashrining 2024-yil 25-yanvardagi ma’lumotlariga ko‘ra Toshkent shahrida uylarning 1 kv metri uchun o‘rtacha narx 1212 dollarga yetgan. 1 xonalik uylarning o‘rtacha hajmi 30-45 kv.m ga teng. Bu degani butun boshli obektning atigi 1 xonalik uyning narxi o‘rtacha 461 772 000- 692 658 000 so‘mni tashkil etmoqda. Shunda quruvchi bor yog‘i faqatgina 1 xonalik uyning daromadidan eng kuchaytirilgan jarimalardan 20 tasini to‘lay oladi.

Bundan tashqari fuqarolar bilan o‘rtadagi shartnoma majburiyatlaridan kelib chiqadigan javobgarlik alohida sanaladi. Sababi, uy sifatli bo‘lsa-yu, qaysidir yon atrofdagilarga keltiriladigan noqulayliklar bilan ularning qanday ishi bo‘lishi mumkin?

Shuning uchun ushbu sohada belgilangan tartibga qat’iy rioya qilishni ta’minlash maqsadida kuchaytirilgan javobgarlik choralarini qo‘llash jamiyat va davlatning rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Gazga motor qoʻyib foydalansam boʻladimi?

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?

PPX xodimlari qanday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy bayonnoma tuzishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan suv tarmog‘iga ulanib olganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

Notcoin sotishga javobgarlik bormi?