Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qaroriga ılova |
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar
ROʻYXATI
T/r | Sertifikat nomi | Muvofiqlik darajalari | ||
Common European Framework of Reference (CEFR) shkalasi boʻyicha | ||||
B2* | C1 | C2 | ||
INGLIZ TILI | ||||
1. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
2. | Test of English as a Foreign Language – TOEFL iBT | 72-94 | 95-113 | 114-120 |
3. | Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) | 543 Listening 55 Written 53 Reading 55 Speaking 58 | 620 Listening 62 Written 64 Reading 60 Speaking 64 | |
4. | Cambridge Assessment English (FCE, CAE, CPE) | FCE 160-179 | CAE 180-199 | CPE 200-220 |
5. | International English Language Testing System – IELTS (Academic) | 5.5-6.5 | 7.0-8.0 | 8.5-9.0 |
6. | TKT** Modul 1 Modul 2 Modul 3 | kamida 3 band kamida 3 band kamida 3 band | ||
7. | Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL)** | pass | ||
8. | Teaching English as a Foreign Language (TEFL)** | pass | ||
9. | Teaching English as a Second Language (TESL)** | pass | ||
FRANSUZ TILI | ||||
10. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
11. | Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF) | B2 | ||
12. | Diplôme Approfondi de Langue Française (DALF) | С1 | C2 | |
13. | Test de Connaissance du Français (TCF) | B2 | C1 | C2 |
NEMIS TILI | ||||
14. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
15. | Goethe-Zertifikat | B2 | C1 | C2 |
16. | Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) | TDN 3 (B2.1), TDN 4 (B2.2 – C1.1) | TDN 5 (C1.2) | |
17. | Deutsches Sprachdiplom (DSD I, II) | DSD II B2 | DSD II C1 | |
ISPAN TILI | ||||
18. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
19. | Diplomas de Español como Lengua Extranjera (DELE) | DELE B2 | DELE C1 | DELE C2 |
20. | Servicio Internacional de Evaluación de la Lengua Española (SIELE) | B2 | C1 | C2 |
ITALYAN TILI | ||||
21. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
ARAB TILI | ||||
22. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
23. | AT Tanal Al Arabi | B2 | C1 | C2 |
XITOY TILI | ||||
24. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
25. | Hanyu Shuiping Kaoshi (HSK) | HSK 4 | HSK 5 | HSK 6 |
YAPON TILI | ||||
26. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
KOREYS TILI | ||||
27. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
28. | Test of Proficiency in Korean (TOPIK II) | Level 4 150 – 189 | Level 5 190 – 229 | Level 6 230 – 300 |
TURK TILI | ||||
29. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
30. | Türkçe Yeterlik Sınavı (TYS) | B2 | C1 | |
PUSHTU, DARIY, URDU, HINDIY, UYGʻUR, FORS tillari | ||||
31. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 |
Izoh:
1. taʼlim tashkilotlarida ayrim maxsus fanlardan oʻquv mashgʻulotlarini olib borayotgan pedagog xodimlarning lavozim maoshlariga belgilangan tartibda ustamalar beriladi;
2. umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani o‘qituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi;
3. oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ularning mashgʼulot olib boruvchi faniga mos boʻlishi lozim;
4. amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama qo‘llaniladi;
5. *umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy tillar oʻqituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatga ega boʻlishi lozim;
6. mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar ustamalar qoʻllaniladi.
** Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi.
Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.