Fiskal belgilarni aks ettirish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytirilgan

2024-yil 29-maydagi O‘RQ 927-sonli qonun bilan Soliq kodeksining 2271-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, tadbirkorlarga jarima choralari liberallashtirildi.

Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish:

  • realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Shu paytgacha bunday turdagi huquqbuzarlik uchun ilgari realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, ushbu qonun bilan yangi qoida kiritildi, ya’ni xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa:

  • realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Qishloq xo’jaligida soliq to’g’risidagi qonunchilik talablari soddalashtirilmoqda

Ayrim tadirkorlik subyektlariga foyda va aylanmadan olnadigan soliqlar uchun imtiyozlar bor

Ekoturizm tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi qo‘llaniladi

2024-yil 1-iyuldan qanday soliq imtiyozlari bekor bo’ldi?

Maxsus iqtisodiy zonalarga investisiya kiritgan investorlarga soliq imtiyozlari beriladi