Notcoin sotishga javobgarlik bormi?

Bugunga kelib kriptoaktiv (kriptovalyuta)ni yig‘uvchilar soni keskin ko‘paydi. Kriptoaktiv bu ma’lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan qiymati va egasi bo‘lgan mulkiy huquq hisoblanib, uning notcoin, bitcoin, efirium singari turlari (ko‘rinishlari) mavjud.

Ularni hamma sotishi va sotib olishi mumkinmi?

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra xizmatlar provayderlari faoliyatining turlari quyidagilardan iborat:

▪️ kripto-birja;
▪️ mayning-pul;
▪️ kripto-depozitariy;
▪️ kripto-do‘kon.

Yuqoridagi xizmat provayderlarisiz kriptovalyutani sotib olish yoki sotish (huquqbuzarlik) birinchi marta sodir etish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘ridagi kodeksning 155⁴-moddasi bilan kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollarini musodara qilib,

  • o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga;
  • yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Ma’muriy jarima qo‘llanilgandan keyin (1 yil ichida) yana yuqoridagi huquqqa xilof harakatni sodir etganda Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasiga ko‘ra:

  • bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima;
  • yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari;
  • yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash;
  • yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?