Ustama umumiy dars soatlari uchun beriladi

Direktor jamg‘armasidan beriladigan ustama o‘qituvchining umumiy dars soatlari uchun beriladi.

Buni quyidagicha tushuntiramiz.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 20-bandi mazmuniga ko‘ra pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ushbu nizomda qayd etilgan baholash mezonlariga asosan 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.

Mazkur nizomning 331-bandida pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lanishi keltirilgan.

Shuningdek, Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 21-bandiga muvofiq pedagog xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar, shu jumladan mavjud sertifikatlari uchun to‘lanadigan ustamalar, tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lab beriladi.

 Yuqoridagi qoidalarga ko‘ra o‘qituvchiga jami dars soatlari miqdoridan kelib chiqib ustama to‘lanishi shart.

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?

DMTT pedagog xodimlari haftalik ish yuklamasining miqdori qancha?

Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama beriladi