O‘n ikki yoshga to‘lmagan farzandlari bor ota-onalarga qo‘shimcha ta’til beriladimi?

Bugungi kunda xodimlar va ish beruvchi munosabatlari davomida yuzaga keladigan ommaviy savollardan biri 12 yoshga to‘lmagan farzandlari bor ota-ona qo‘shimcha ta’til olish huquqiga egami ?

Mehnat kodeksining 401-moddasida quyidagicha belgilangan:

  • O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.

Yuqorida nazarda tutilgan ta’til xodimning odatdagi yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishgan holda  alohida (to‘liq yoki qismlarga bo‘lib) muddatda berilishi mumkin.

E’tibor berish kerak bo‘lgan jihat shuki, mazkur qo‘shimcha ta’tildan faqat tegishli yildagina foydalanish mumkin. Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirish yoki pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkin emas.

Mazkur moddada xodimlar qo‘shimcha ta’til uchun ham haq olish huquqiga egaligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari Mehnat kodeksining 402-moddasiga ko‘ra o‘n ikki yoshga to‘lmagan bolalarning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri yoki  (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs) ish haqi saqlanmagan holda ta’til olish huquqiga ham egadir.

Mazkur ta’tilni ham keyingi ish yiliga ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu ikki moddani qo‘llashda ish beruvchi va xodimlar o‘rtasida ba’zi chalkashliklar bo‘lib turadi. Sababi har ikki modda ham bir xil jumlalarni ifodalaydi.

Ulardagi asosiy farq shundaki, 401-moddada nazarda tutilgan ta’til ish haqi saqlanishini, 402-modaddada nazarda tutilgan ta’til ish haqi saqlanmasligini nazarda tutadi.

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati

Fuqarolik-huquqiy shartnomalari mehnat shartnomasi deb tan olinadi

Ishdan bo‘shatish nafaqasi va ishsizlik nafaqasi o‘rtasida farq bor