Fuqarolik-huquqiy shartnomalari mehnat shartnomasi deb tan olinadi

Barchamizga ma’lumki, ayrim ish beruvchilar xodimlarga beriladigan qonunchilikdagi bir qator imtiyozlardan “qochish” maqsadida xodimlar bilan mehnat shartnomasi emas, balki, fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzish hollari ko‘p uchraydi.

Ushbu shartnomani fuqarolik shartnomasi kabi nomlagan bilan, uning mazmuni to‘laqonli mehnat shartnomasiga mos keladi. Ular asosan xodim bilan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shaklida shartnomalar tuzishadi.

Biroq, Mehnat kodeksining 11-moddasiga muvofiq, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini ish beruvchi tomonidan ta’minlashda xodimning mehnat vazifasini ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda haq evaziga shaxsan bajarishi haqidagi, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga asoslangan munosabatlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridir.

Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzish taqiqlanadi.

Shunday bo‘lsa-da ularning mazmuni to‘g‘ridan to‘g‘ri mehnat shartnomasiniki kabi bo‘ladi. Jumladan, ish vaqti, lavozimi, ichki mehnat tartib intizomiga bo‘ysunish kabi shartlar mavjudligi ushbu shartnomani mehnat shartnomasi deb topishga asos bo‘ladi.

Yuqoridagi kodeksning 33-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxs bilan ushbu Kodeks 11-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan munosabatlarni haqiqatdan tartibga soluvchi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomani tuzish ushbu munosabatlarning sud tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etilishiga sabab bo‘ladi.

Bunday holda mehnat shartnomasi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi, taraflarning munosabatlari esa shartnomada shartlashilgan ishni jismoniy shaxs tomonidan bajarish boshlangan kundan e’tiboran yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etiladi.

Shuningdek, Oliy sud Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-sonli qarori 4-bandiga muvofiq, bunday nizolarni ko‘rishda sudlar fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma matnida va uni ijro etish jarayonida mehnat kodeksida mehnat shartnomasining majburiy shartlari hisoblangan ish joyi, shtat jadvaliga muvofiq lavozimda, malaka ko‘rsatilgan holda kasb, mutaxassislik bo‘yicha ishlash, ishning boshlanish sanasi, mehnatga haq to‘lash shartlari, mehnat va dam olish rejimi va boshqa shartlari ko‘rsatilganligiga e’tibor qaratish lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, agar siz bilan ham ushbu turdagi shartnoma tuzilgan bo‘lsa fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman(shahar) sudiga fuqarolik-huquqiy shartnomani mehnat shartnomasi deb toppish bo‘yicha da’vo arizasi kiritishingiz mumkin.

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati

Ishdan bo‘shatish nafaqasi va ishsizlik nafaqasi o‘rtasida farq bor

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi qancha?