Skip to main content

Maktab rahbar xodimlari hamda MTT direktorlari har oyda 30 foiz ustama olishlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.12.2023-yildagi 681-son Qarorining 2-bandiga binoan

2024-yil 1-sintabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:

  • maktab direktorlariga — 50 foiz;
  • maktab direktori o‘rinbosarlariga — 30 foiz.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2024-yildagi PQ-231-son Qaroriga 2-ilovasiga muvofiq, 2024-yil sentabrdan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining menejerlik sertifikatiga ega bo’lgan direktorlariga har oylik 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lanadi.

Categories: Pedagogik soha