Maxsus iqtisodiy zonalarga investisiya kiritgan investorlarga soliq imtiyozlari beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 473-moddasiga binoan, maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investisiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq imtiyozlari beriladi.

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investisiyalar hajmiga qarab:
  • 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investisiyalar uchun — 3 yil muddatga;
  • 5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investisiyalar uchun — 5 yil muddatga;
  • 15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investisiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.

* Eslatma, Ushbu soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi o‘rtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investisiya kiritish to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Qishloq xo’jaligida soliq to’g’risidagi qonunchilik talablari soddalashtirilmoqda

Ayrim tadirkorlik subyektlariga foyda va aylanmadan olnadigan soliqlar uchun imtiyozlar bor

Ekoturizm tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi qo‘llaniladi

2024-yil 1-iyuldan qanday soliq imtiyozlari bekor bo’ldi?

Naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozi mavjud