DMTT pedagog xodimlari haftalik ish yuklamasining miqdori qancha?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.2018-yildagi 10-son Qaroriga asosan, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasi quyidagi miqdorlarda bo’lishi belgilangan:
| T/r | Lavozim | Haftalik ish yuklamasi |
|---|---|---|
| 1 | O‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog | 24 soat |
| 2 | Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti | 25 soat |
| 3 | Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist | 36 soat |
| 4 | Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yordamchi tarbiyachisi | 36 soat |
| 5 | Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi | 30 soat |
| 6 | Musiqa xodimi, xoreograf | 24 soat |
| 7 | Til bo‘yicha o‘qituvchi | 18 soat |
Categories:
Pedagogik soha