Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Madaniyat vazirIigi hamda Sport vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 22-son, 13-son, 01-17-11-son va 18-son Qo‘shma qaroriga asosan maktabgacha ta’lim xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi.

Birinchidan, 2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirildi.

Ikkinchidan, Davlat maktabgacha ta’Iim pedagog xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari quyidagi ko‘rinishga keldi:

    T/r    Lavozimlar nomiTarif stavkalari miqdorlari:
oliy malaka toifali birinchi malaka toifaliikkinchi malaka toifalioliy ma’lumotlio‘rta maxsus ma’lumotli
  1Til o‘qituvchilari, o‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘qituvchisi  4 064 867  3 678 383  3 301 057  2 948 543  1 867 561*
2Oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari4 064 8073 678 3833 301 0572 946 5431 867 561*
3Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi4 064 8673 678 3833 301 0572 948 5431 724 482
4Psixologlar3 251 8933 065 3212 870 4862 680 4941 867 561*
5Musiqa xodimi, xoreograf, barcha ixtisosliklar yo‘riqchilari2 062 1611 897 0671 738 5481 587 2781 443 427
6Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi1 573 807
  7Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar nopedagogik ma’lumotli va umumiy o‘rta ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi  1 311 505

*Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.”.

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…