Mehnat migratnlaring oila a’zolariga imtiyozlar bormi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2022 yildagi PQ-149-son Qaroriga asosan, mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarga va ularning O‘zbekistonda yashayotgan oila a’zolariga bir qancha imtiyozlar belgilab berildi. https://lex.uz/docs/-5893253

 Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022-yil 1-maydan boshlab Federatsiya mablag‘lari hisobidan har yili:

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan:

  • boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik  moddiy yordam ko‘rsatiladi;

  • mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;

  • mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma beriladi;

  • mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo‘llanmalar beriladi.

Eslatma! O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mablag‘lari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam pullari va yo‘llanmalar berish uchun mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar “Labor migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud