Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2022 yildagi PQ-230-son Qaroriga binoan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilingan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi belgilab berildi.

 Shu bilan birga, ushbu Qarorda:

2022-yil 1-iyundan boshlab “Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv ta’lim asosida kasb-hunarga o‘qitilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasi bilan bir vaqtda, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik stipendiya to‘lab beriladi.

Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi uchun pensiya tayinlangandan keyin ishlagan fuqarolarning ish staji va ish haqini hisobga olgan holda, nogironlik pensiyasi miqdorlarini har ikki yilda qayta hisoblash tartibi joriy etiladi.

Bundan tashqari, ushbu Qarorda ma’sul mutasaddilarga ikki oy muddatda Afg‘on urushida ishtirok etgan nogironligi bo‘lgan jangchi-faxriylarni protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlash reja-grafigini ishlab chiqsin va tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud