Skip to main content

Qishki ta’til vaqtida o‘qituvchilar o‘zlarining lavozim majburiyatlarini bajarishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 16 oktyabrdagi 334-sonli buyrug‘iga 43 – ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarida lavozim majburiyatlari belgilangan. Ushbu buyruqqa ko‘ra pedagog xodimning majburiyatlari faqat dars berish emas, unda bir qator boshqa majburiyatlar ham bor.

Shunga ko‘ra, ta’til vaqtida o‘qituvchilar o‘zlarining boshqa majburiyatlarini bajaradi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:

➖ 1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni:

▪️ 18×1=18+18=36×4,3(hafta)=154,8×43 (hafta)=1548 soat;

➖5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni:

▪️ 20×0,8=16+20=36×4,3(hafta)=154,8×43 (hafta)=1548 soat.

Yuqoridagi qoidaga ko‘ra o‘qituvchi tarif bo‘yicha olgan soatlariga mutanosib ravishda pedagogik yuklamani bajarish uchun maktabga keladi va belgilangan soatlarni ishni bajaradi.

Shuning uchun unga MK 244-moddasiga asosan ish haqi to‘lanadi.

Categories: Pedagogik soha