
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi?
Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtishi ularning sogʻligʻini tekshirish va irsiy yoki yuqumli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Bu tartib kelajakdagi farzandlar salomatligi va oilaviy barqarorlik uchun muhim ahamiyatga egadir.
“Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomning 1-ilovasiga muvofiq qanday koʻriklardan oʻtish hajmi belgilangan. Unga koʻra, boʻlajak er-xotin quyidagi koʻriklardan oʻtishi lozim:
№ | Kasalliklar | Tekshiruv turlari |
---|---|---|
1 | Ruhiy kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) yuzasidan tekshirish: | anamnestik |
psixopatologik | ||
somatonevrologik | ||
paraklinik | ||
2 | Narkologik kasalliklar yuzasidan tekshirish | klinik tekshirish |
anamnestik | ||
psixopatologik | ||
somatonevrologik | ||
laboratoriya tekshiruvi | ||
3 | Zaxm yuzasidan tekshirish | genitaliy doirasida yara yoki eroziya mavjud boʻlganda yoki terining boshqa joylarida zaxmdan shubhalanadigan toshmalar mavjud boʻlganda material toʻplash |
pretsipitatsiya mikroreaksiyasi usuli bilan zaxm yuzasidan qonni tekshirish | ||
qonni serologik tekshirish | ||
4 | Sil yuzasidan tekshirish | anamnez |
koʻkrak qafasi organlarini tekshirish | ||
koʻkrak qafasi organlarining rentgenoskopiyasi (yirik kadrli flyuorogramma) | ||
koʻkrak qafasi rentgenografiyasi | ||
balgʻamni, yaraning yiringini, bakteroskopiya usuli bilan siydikni sil mikrobakteriyasiga tekshirish | ||
5 | OIV/OITS yuzasidan tekshirish | anamnez |
klinik tekshirish | ||
birlamchi immunoferment tekshirish | ||
immunoblot usuli bilan qonni tekshirish |
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, boʻlajak er-xotinlarga tibbiy koʻrikdan oʻtishlari nafaqat oʻzlari uchun, balki ular dunyoga keltiradigan farzandlarining sogʻligi uchun ham muhimdir!
Categories:
Oila huquqi