
Ichimlik suvida mashina yuvish uchun jarima bor?
Yoz fasli kelganda koʻpchilik xonadonlarda ichimlik suvidan boshqa maqsadlar foydalanish holatlari kuzatiladi. Masalan, mashina yuvish, tomorqa sug‘orish, hovliga suv sepish yoki mevalarni muzlatish ichimlik suvini uchun ochib qo‘yish kabilar bunga misol.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 56-bandiga muvofiq, ushbu holatlar suvdan foydalanish yoki suv iste’moli huquqini to‘xtatish uchun sabab boʻladi.
Shuningdek, mazkur qoidalarni buzish, ya’ni suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 74-moddasining 2-qismiga muvofiq,
- ➖fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha,
- ➖mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’lumot o’rnida BHM miqdori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq 2025-yil 1-avgustdan e’tiboran 412 000 soʻmni tashkil etadi(ayni damda 375 000 soʻm).