Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim majburiyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi

vazirining 2023-yil 20 – dekabrdagi 565-sonli buyrugʻiga 37-ılova

ALOHIDA TAʼLIM EHTIYOJLARI BOʻLGAN DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI XODIMLARINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI

Mazkur namunaviy lavozim majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (bundan buyon matnda vazirlik deb yuritiladi) tizimidagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar) xodimlarining funksional majburiyatlarini belgilab beradi.

1.  Direktorning lavozim majburiyatlari

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, pedagogik kengashga raislik qilish, muassasaning tashkiliy-huquqiy, oʻquv-tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining tashkil etilishini taʼminlash;

Pedagogik kengash bilan birgalikda taʼlim muassasasini rivojlantirish strategiyasi, maqsad va vazifalari, oʻquv-tarbiya jarayonini va taʼlim sifatini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

taʼlim muassasasining yillik ish rejasini tasdiqlash hamda tegishliligi boʻyicha xodimlar tomonidan oʻquv rejasining bajarilishini nazorat qilish;

dars, korreksion mashgʻulotlar hamda shtatlar jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlari, mehnat taʼtili jadvalini tasdiqlash;

oʻquv jarayoniga innovatsion va zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etishga sharoit yaratish, zamonaviy taʼlim usullari va resurslarini qoʻllash orqali oʻquvchilarning bilim samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;

taʼlim muassasasi faoliyatining moliyaviy-xoʻjalik masalalarini hal qilish, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning shakllanishi, undan samarali foydalanishini amalga oshirish, taʼlim muassasasini rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari qoʻshimcha mablagʻ topish va moddiy resurslar bilan taʼminlash choralarini koʻrish, taʼlim muassasasining investitsion jozibadorligini taʼminlash, shuningdek, taʼlimiy maqsadlarga erishish uchun moliyaviy, moddiy resurslarning samarali taqsimotini va xodimlarning safarbarligini taʼminlash hamda qabul qilingan qarorlarning oqibatlari, moliyaviy-xoʻjalik natijalariga shaxsan javob berish;

korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xoʻjalik shartnomalari tuzishda taʼlim muassasasi nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish;

turli yoʻnalishlardagi davlat va nodavlat jamgʻarmalar bilan oʻzaro hamkorlikda ish yuritish, Kuzatuv va pedagogik kengash hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim muassasasini rivojlantirish boʻyicha strategik rejalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, taʼlim muassasasining yuksak vazifa va maqsadlarini shakllantirish ishlarini tashkil etish;

oʻquv jihozlari, qurilmalari va boshqa taʼlim vositalarining saqlanishini taʼminlash, taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish, mol-mulkdan samarali foydalanish va ularning saqlanishiga javobgar boʻlish;

muassasani yangi oʻquv yili, kuz-qish mavsumiga tayyor boʻlishini taʼminlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muassasani qabul qilish dalolatnomalarini imzolash;

muassasani malakali kadrlar bilan taʼminlash, pedagog xodimlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, uni qoplash choralarini koʻrish, oʻquvchilar orasidan iqtidorlilarni tanlab pedagogik yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash va ijrosini taʼminlash, tegishli malaka va kompetensiyalarga ega xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish, ular oʻrtasida vazifalarni oqilona va adolatli taqsimlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilishda ishtirok etish hamda ijro, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini taʼminlash, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

oʻqituvchilar malakasini oshirish ishlarida ijobiy, konstruktiv va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratish, ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish jadvali va taʼlim muassasasi ehtiyojlariga mos ravishda oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanish dasturini ishlab chiqish hamda pedagog xodimlarni ragʻbatlantirish uchun davlat taʼlim standartlari va talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil qilish;

taʼlim muassasasi bitiruvchilarini oliy hamda boshlangʻich professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashtirish koʻrsatkichlarini yaxshilash choralarini koʻrish;

jamoada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy, xavfsiz va ragʻbatlantiruvchi muhitni yaratish;

oʻquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlari va talablariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida taʼlim muassasasini uzluksiz rivojlantirish choralarini koʻrish;

oʻquvchilarni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi hamda tegishli yoʻllanma orqali taʼlim muassasasiga qabul qilish va sinfdan-sinfga oʻtkazish va bir taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish ishlarini (erp baza) tashkil qilish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishini yaxshilashga va har birining imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish;

taʼlim muassasalarida umumiy oʻrta taʼlim va korreksion ishlarni tizimli va parallel ravishda olib borilishini taʼminlash;

oʻquvchilarni darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalari bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish;

ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil qilish;

bolalikni himoya qilish boʻyicha, voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlari xavfsizligini muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini taʼminlash;

internat turidagi taʼlim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj oʻquvchilar kontingentini aniqlash va ular uchun kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish;

oʻquvchilarni milliy anʼanalar, urf-odatlar boʻyicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;

taʼlim muassasasi xodimlari orasidagi eng faollarini ragʻbatlantirish, lavozim vazifalarini bajarmaganligi uchun ularga nisbatan oʻz vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qoʻllash;

oʻquvchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va bolalar uchun qoʻyilgan sanitariya- gigiyena talablariga rioya qilish.

taʼlim muassasasining mulkiy manfaatlarini sudda, hakamlik sudida, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida himoya qilish;

taʼlim muassasasi faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek muassasa xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;

foydalanish uchun topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda tegishli tartibda roʻyxatdan chiqarishni taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

2.  Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari

Oʻquv jarayonini tashkil qilish, davlat taʼlim standartlari va talablariga muvofiq oʻquv- tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlash;

oʻqituvchi xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv jarayoni, oʻquv jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;

taʼlim standartlari va talablari bajarilishini nazorat qilish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish, korreksion mashgʻulotlar va fan toʻgaraklarining ishlashini tashkil qilish;

tayanch oʻquv rejaga muvofiq dars jadvallarini sanitariya qoidalari va meʼyorlari inobatga olgan holda tuzish;

oʻqituvchilarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etish, oʻquv-metodik va korreksion ishlariga rahbarlik qilish, oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish, ommalashtirish va umumlashtirishni tashkil etish;

oʻqituvchilar faoliyatining yillik rejasini ishlab chiqilishini va bajarilishini nazorat qilish, darslar, korreksion mashgʻulotlar, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasi jadvallari va boshqa oʻquv tadbirlarini ishlab chiqish;

fan oʻqituvchilari tomonidan dars va korreksion mashgʻulotlarining tasdiqlangan jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borilishini nazorat qilish;

fan oʻqituvchilari tomonidan taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini dars oʻtilgan kunning oʻzida sinf jurnallariga (elektron jurnallarga) qayd etilishini nazorat qilish;

fan oʻqituvchilari tomonidan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining reja asosida oʻtkazilishi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirilishini nazorat qilish, zarur hollarda, metodik tavsiyalar berish;

fan oʻqituvchilari, tarbiyachilar tomonidan oʻtiladigan darslar va korreksion mashgʻulotni tahlil qilish, metodik tavsiyalar berish;

fan oʻqituvchilari tomonidan fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida tashkil etilgan toʻgarak mashgʻulotlarini tasdiqlangan jadval asosida olib borilishini taʼminlash va nazorat qilish;

anʼanaviy malaka oshirish tizimi amal qilayotgan hududlarda fan oʻqituvchilarining belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslarida oʻqishlarini taʼminlash (uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy qilingan hududlarda, shu jumladan elektron malaka oshirish tizimlari orqali, pedagog xodimlarning malakasini oshirilishi oʻqituvchining shaxsiy masʼuliyati hisoblanadi);

tegishli qonun hujjatlarida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda (mavzularni tigʻizlashtirilgan holda) keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtilishini taʼminlash;

anʼanaviy shakldagi sinf jurnallaridan foydalanilayotgan taʼlim muassasalari sinf jurnallarining (elektron jurnal joriy etilgan taʼlim muassasalarida faqatgina sinflar boʻyicha yillik hisobotning bosma talqini) saqlanishini taʼminlash;

oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish va uni elektron dasturga kiritish; oʻqituvchining maʼlumoti va malaka toifasiga koʻra amaldagi qonun hujjatlariga koʻra

ularga darslarni toʻgʻri taqsimlashda, shuningdek, xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etish;

oʻquv mashgʻulotlar va taʼlim faoliyati boshqa turlarining jadvalini tuzish, ishda vaqtinchalik boʻlmagan oʻqituvchilarning dars soatlari oʻz vaqtida almashtirilishini, qoldirilgan va boshqa oʻqituvchi oʻrniga oʻtilgan darslarni qayd etish jurnalini yuritilishini taʼminlash;

oʻquvchilarni belgilangan meʼyorlar asosida bitta sinfga jamlash, yaʼni sinflar komplektini shakllantirish;

umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi asosida dars soatlari setkasini (sinflar soni, sinf komplektidagi oʻquvchilar soni va tegishli mutaxassislik boʻyicha oʻqituvchilar mavjudligini inobatga olgan holda barcha fanlar boʻyicha shakllantirilgan jami dars soatlarini) tayyorlash;

boshqa umumtaʼlim muassasalaridan kelgan va ketgan oʻquvchilarni taʼlim muassasasi direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar roʻyxatiga (sanoqqa) kiritish yoki chiqarish (erp baza);

muassasaning yillik ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va fanlar boʻyicha metodbirlashma yigʻilishlarini oʻtkazilishini nazorat qilish;

oʻqituvchilar tomonidan namunaviy darslarni tashkil etilishini taʼminlash;

umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori vaqtincha ishda boʻlmagan hollarda pedagogik kengashni oʻtkazish;

oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish, ularga oylik ustamalar belgilash va mukofotlash, moddiy yordam berishda ishtirok etish;

psixologlar va oʻqituvchilarning maktab yoshidagi bolalarni taʼlimga jalb etish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va bitiruvchilarni OTM ga tayyorlash ishlariga rahbarlik qilish;

taʼlim samaradorligi boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish boʻyicha metodbirlashmalar faoliyatini nazorat qilish;

yoʻnalish yuzasidan oʻziga biriktirilgan xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish;

muassasada avgust kengash(milliy forum)larini tashkil etish,

pedagogik kengash, oʻquv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

3.  Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari

Taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish; tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini nazorat qilish;

tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilarining belgilangan ish yuklamasini, jumladan, tarbiya jarayoni, tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;

tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilari faoliyatining yillik rejasini ishlab chiqilishini va bajarilishini nazorat qilish;

taʼlim muassasasi oʻquvchilari hamda pedagoglari ishtirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy xarakterdagi tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;

tarbiyachilar, oʻqituvchilar tomonidan oʻtiladigan mashgʻulotlarni tahlil qilish, metodik tavsiyalar berish;

tarbiyachilarning belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslarida oʻqishlarini taʼminlash;

tarbiya guruhlarini va tarbiyachilarning tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish va uni elektron dasturga kiritish;

yoʻnalish yuzasidan oʻziga biriktirilgan xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish;

mashgʻulotlar va taʼlim faoliyati boshqa turlarining jadvalini tuzish, ishda vaqtinchalik boʻlmagan tarbiyachilarning ish vaqtini almashtirilishini, qoldirilgan va boshqa tarbiyachi oʻrniga ishlangan vaqtini qayd etish jurnalini yuritilishini taʼminlash;

taʼlim muassasasida turli toʻgaraklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini taʼminlash, oʻquvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularni toʻgaraklarga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;

milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosi asosida oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;

oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi taʼtil davrida ularning kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;

taʼlim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish;

sinf rahbarlarining sinfdan va taʼlim muassasasidan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, taʼlim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar holati va natijalarini monitoring qilish, ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan hamkorlik qilish;

oʻquvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligini nazorat

qilish;

oʻquv yili davomida har juma kuni tashkil yetiladigan “Sinf soati” darslarining

oʻtkazilishi samaradorligini monitoring qilish;

oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari boʻyicha huquq-tartibot, fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

ichki ishlar profilaktik hisobiga, taʼlim muassasasi ichki roʻyxatiga olingan oʻquvchilar hisobi va hisobotini yuritish, ular bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;

taʼlim muassasasida “xavf guruhi”ga kiruvchi (notinch, nosogʻlom, toʻliq boʻlmagan oila) oʻquvchilarning umumiy roʻyxatini shakllantirish, ular bilan individual yondashuv asosida alohida tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish;

sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilish;

pedagog xodimlar uchun oʻquv-yili davomida har oyning uchinchi jumasida maʼnaviy- maʼrifiy harakterdagi tadbirlarni tashkil etish;

voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishining, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Oʻquvchi”, “Davomat”, “Tigʻ” kabi profilaktik reydlarda ishtirok etish;

sinf rahbarlari, taʼlim muassasasi psixologlari ish faoliyatini muvofiqlashtirish; tarbiyaviy  ishlar  yuzasidan  sinf  rahbarlarining  hisobotlarini  eshitish,  pedagogik

kengashlarda umumiy hisobot berish;

oʻquvchilar oʻrtasida Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

oʻquvchilar bilan ishlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq meʼyorlarini tarbiya jarayoniga tatbiq etish, oʻquvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish;

“Oila — mahalla — taʼlim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, reja asosida kengash majlislarini tashkil etish;

oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga belgilangan taʼlim muassasasi formasida kelishlarini nazorat qilish;

oʻquvchilarning turli diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, targʻibot ishlarini tashkil etish;

oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasi boʻyicha ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish;

darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilarning ota- onalari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, natijalarini reja asosida direktor huzuridagi yigʻilishlarda muhokama etib borish;

qobiliyatli va isteʼdodli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish ishlarini tashkil etish;

sinf rahbarlari bilan birgalikda oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlagan holda sinfdan va taʼlim muassasasidan tashqari, ekskursiya, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etishga, sayohatlar uyushtirishga bevosita rahbarlik qilish;

“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oʻqituvchi va oʻquvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”, “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona taʼlim muassasasi formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning mazmun-mohiyatini va talablarini taʼlim muassasasining har bir xodimi, oʻquvchilari, ularning ota-onalari eʼtiboriga yetkazish, ular tomonidan rioya yetilishini nazorat qilish;

taʼlim muassasasining oʻquv va boshqa xonalarini oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga oid masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi koʻrgazmali targʻibot va tashviqot vositalari bilan jihozlashni tashkil qilish;

pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etish, yuqori malakali tarbiyachilarning ilgʻor pedagogik tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

4.  Oʻqituvchining lavozim majburiyatlari

Pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv-korreksion jarayoni, oʻquv-korreksion jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarish;

oʻz faoliyatini olib borish uchun tanlagan taʼlim muassasasining yoʻnalish boʻyicha bilimlarga ega boʻlish zarurligi, xususan, “Nurli maskan” taʼlim muassasalarida brayl alifbosi, eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarda imo-ishora va daktil nutqni bilish va qoʻllay olishi, aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarda logopediya va psixonevrologiya bilimlarini bilish;

dars va korreksion mashgʻulotlarni taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borish;

taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻz fani boʻyicha tarqatma va koʻrgazmali materiallarni tayyorlaydi (markazlashgan holda, jumladan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim yoki tavsiya etiladigan taʼlim portallarida elektron shakldagi tarqatma va koʻrgazmali materiallar boʻlmasa) va ulardan dars jarayonida samarali foydalanish;

oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga oʻrgatish; oʻquvchilarda oʻz fani boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, dars jarayonida

oʻquvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishini taʼminlash;

oʻz fani boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;

davlat taʼlim standarti va talablari, oʻquv dasturlariga muvofiq oʻz fani boʻyicha taqvim- mavzu rejalarni tuzish;

oʻz ehtiyojiga koʻra fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni kuzatish, dars tahlili natijasida oʻzaro tajriba almashish;

pedagogik kengash, metodbirlashma yigʻilishlari, oʻquv-seminar, ochiq darslar va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;

oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini va davomatini dars oʻtilgan kunning oʻzida sinf

jurnallariga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan umumtaʼlim muassasalarida anʼanaviy jurnalga baholashga yoʻl qoʻyilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan taʼlim muassasalarda davomatni qayd etish oʻqituvchining vazifasiga kirmaydi);

oʻquvchilarning imkoniyatlarni inobatga olgan xolda qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish;

oʻquvchilarni oʻz fani boʻyicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash;

oʻz fani boʻyicha oʻzining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻz ustida mustaqil ishlash, ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish choralarini koʻrish;

oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlash;

taʼlim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish;

oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtish; taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni

tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun

hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

5.  Oʻqituvchi-logopedning lavozim majburiyatlari

Oʻquvchilarning nutqini rivojlanishidagi muammolarni tuzatishga qaratilgan ishlarni olib borish, ularni tekshirish orqali mavjud boʻlgan nuqson tarkibi va ifodalanish darajasini aniqlash;

oʻz faoliyatini olib borish uchun tanlagan taʼlim muassasasining yoʻnalish boʻyicha bilimlarga ega boʻlish zarurligi, xususan, , “Nurli maskan” taʼlim muassasalarida brayl alifbosi, eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarda imo-ishora va daktil nutqni bilish va qoʻllay olishi, aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarda logopediya va psixonevrologiya bilimlarini bilish;

oʻquvchilarining fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishlariga toʻsqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish;

murakkab nutq nuqsoniga ega boʻlgan, jismoniy va psixik rivojlanishida kamchiliklari boʻlgan oʻquvchilar bilan korreksion mashgʻulotlarni olib borish;

mashgʻulot jarayonida oʻquvchilarning nutq aʼzolarini tizimli ravishda kuzatib borish; oʻquvchining  oʻquv  dasturlarini  ongli  ravishda  tanlashi  va  oʻzlashtirishiga

koʻmaklashish;

oʻquvchilar nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga doir logopedik bilimlarni taʼlim jarayoni ishtirokchilari, oʻqituvchilar va aholi oʻrtasida targʻib qilish;

ularning ruhiy-jismoniy holatini hisobga olgan holda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun guruhlar tashkil qilish, guruhlarda va individual tartibda ularning rivojlanishidagi muammolarni tuzatish, nosoz funksiyalarni tuzatish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish;

oʻqituvchi va tarbiyachilar bilan yaqin hamkorlikda ishlash, mashgʻulot va darslarida ishtirok etish, pedagog xodimlar va ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga nutqiy rivojlanishida muammosi mavjud boʻlgan bolalarga yordam koʻrsatishning maxsus metodlari va usullarini qoʻllash boʻyicha maslahatlar berish hamda ular faoliyati bilan bogʻliq zaruriy hujjatlarni yuritish;

shaxsning umumiy madaniyatini shakllantirishda, uning ijtimoiylashishida kasbiy dasturlarni ongli ravishda tanlash va oʻzlashtirishda koʻmaklashish, davlat standartlari doirasida taʼlim berishning turli shakllari, metodlari va vositalarini qoʻllash, taʼlim dasturlarini amalga oshirish;

oʻquvchilarni Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlarida belgilangan huquqlarga rioya qilish va erkinliklarini taʼminlash;

oʻz kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib boradi, metodik uyushmalar faoliyatida va boshqa koʻrinishdagi metodik ishlarda qatnashish;

taʼlim jarayonida oʻquvchilarning hayotini va sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlashga koʻmaklashish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtish; taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni

tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun

hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

6.  Psixologning lavozim majburiyatlari

Oʻquvchilarni muassasalarda tarbiyalash va oʻqitish jarayonida ruhiy, jismoniy (somatik) va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish;

oʻz faoliyatini olib borish uchun tanlagan taʼlim muassasasining yoʻnalish boʻyicha bilimlarga ega boʻlish zarurligi, “Nurli maskan” taʼlim muassasalarida brayl alifbosi, eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarda imo-ishora va daktil nutqni bilish va qoʻllay olishi, aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarda logopediya va psixonevrologiya bilimlarini bilish;

“Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga, taʼlim muassasasi ijtimoiy sohasini uygʻunlashtirishga koʻmaklashish va ijtimoiy

jihatdan koʻnika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;

oʻquvchilar rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʻrinishdagi psixologik yordam (psixokorreksiya, reabilitatsiya va konsultatsiya) berish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi, oʻquvchilar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar), pedagogik jamoaga aniq muammolarni hal qilishda yordamlashish;

turli yoʻnalish va maqsadlarda psixologik diagnostika oʻtkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʻtkazish, test natijalarini tahlil qilish va baholash;

bola ruhiyatidagi salbiy oʻzgarishlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, bu borada tegishli davlat idoralari bilan hamkorlik ishlarini olib borish;

turli yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;

oʻquvchilar shaxsining individual yosh xususiyatlari, jinsini hisobga olib taʼlim faoliyatining rivojlantiruvchi va tuzatuvchi dasturlarini rejalashtirish va ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda hayotiy va kasbga yoʻnalish olishning turli vaziyatlariga moslashuvchanlikka tayyorgarlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;

korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni toʻliq qamrab olinishi boʻyicha ish olib borish hamda interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazish va shu asosda kasb- hunarga boʻlgan qiziqishini aniqlash va ularning maʼlumotlar bazasi yaratish;

emotsional-hissiy zoʻriqishlar, xavotirlik darajasi yuqori va oʻziga ishonchi past boʻlgan bolalar uchun korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar tashkil etish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida seminar-treninglar hamda soha mutaxassislari bilan davra suhbatlarini tashkil etish, shuningdek, kasbiy moyilligi boʻyicha professional taʼlim olishi mumkin boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish;

taʼlim muassasasi bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻgʻri yoʻnaltirish yuzasidan oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi hamda korrektsion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni, ota-onalar va pedagoglar toʻliq qamrab olingani va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida deviant xulq atvor koʻrinishlarining (zoʻravonlik, oʻz joniga qasd qilish, erta tugʻruq) oldini olish;

iqtidorli oʻquvchilarni psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning rivojlanishi va izlanishlariga koʻmaklashish;

oʻquvchilarning rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, hissiy), turli koʻrinishdagi ijtimoiy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatishni amalga oshirish;

pedagogik jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash, jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish boʻyicha ishlarni olib borish;

oʻquvchilarning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun amaliy yordam koʻrsatish;

axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internet jahon axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;

pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga koʻmaklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ishlarini olib borish;

oʻqituvchilar jamoasi va ota-onalarga oʻquvchilarning shaxs va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi muammolari boʻyicha yoʻnalish berish maqsadida oʻrganish natijalariga koʻra psixologik-pedagogik xulosa tayyorlash;

taʼlim muassasasi xodimlarini oʻquvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ijtimoiy-psixologik xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan psixologiyani amalda qoʻllash, muassasaning rivojlanishi masalalarida maslahatlar berish;

oʻz kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish va boshqa koʻrinishdagi metodik ishlarda qatnashish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtish; taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat

tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

7.  Tarbiyachining lavozim majburiyatlari

Biriktirilgan guruh boʻyicha oʻquvchilarda oʻzi va atrofdagilarga hamda jamiyatga ijobiy munosabat shakllantirish, mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, maʼnaviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

oʻz faoliyatini olib borish uchun tanlagan taʼlim muassasasining yoʻnalish boʻyicha bilimlarga ega boʻlish zarurligi, xususan, , “Nurli maskan” taʼlim muassasalarida brayl alifbosi, eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarda imo-ishora va daktil nutqni bilish va qoʻllay olishi, aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarda logopediya va psixonevrologiya bilimlarini bilish;

oʻquvchilarda ijtimoiy faollik, bilishga intilish va oʻzini namoyon qilish motivlarining, oʻzini-oʻzi tarbiyalash va shaxsiy sifatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish;

tarbiyalanuvchilarning kundalik hayoti va faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish; tarbiyalanuvchilarning  ijtimoiy-psixologik  reabilitatsiyasi,  ijtimoiy  va  mehnat

adaptatsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash;

tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy moslashuvi, jamiyatga integratsiyasi va mustaqil hayotga tayyorlash, bolalar reabilitatsiyasi va korreksiyasi sohasida samarali ish metodlari, shakllari va vositalarini qoʻllash;

ixtisoslashgan yoʻnalishga mos ravishda taʼlim-tarbiya jarayonini yangi zamonaviy talablar asosida tashkil qilish;

taʼlim-tarbiya jarayonini shaxsni vatanparvarlik ruhida, milliy anʼana va qadriyatlar, buyuk ajdodlarimiz ibratli hayoti namunalari asosida tashkil etish;

direktor oʻrinbosarlari bilan birga tarbiyalanuvchilarning davomati, oʻquv fanlarining oʻzlashtirish monitoringini olib borish, tarbiyalanuvchilarning kundalik uy vazifasini bajarilishini nazorat qilish va koʻmaklashish;

tarbiyalanuvchilar tomonidan shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilinishi, kiyinishi, tashqi koʻrinishining ozodaligi, oʻquv jihozlari va xoʻjalik buyumlarini saqlanishi taʼminlash;

tarbiyalanuvchilarning jismoniy va psixologik rivojlanishiga koʻmaklashuvchi tadbirlarni amalga oshirish;

tarbiyalanuvchilar boʻsh vaqtini samarali oʻtkazishiga koʻmaklashish, qoʻshimcha taʼlim olishiga yordam berish;

tarbiyalanuvchilar yoshiga mos ravishda va shifokor tavsiyalariga koʻra oʻz-oʻziga xizmat qilishni, mehnat muhofazasi, mehnat xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlash, ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish;

sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilishga oʻrgatish;

kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish;

xavfsiz taʼlim muhitini taʼminlashda tarbiyalanuvchilarning xatti-harakatlarini tartibga

solish;

tarbiya   ishlarining  zamonaviy,  shu  jumladan  interaktiv  shakllari  va  usullarini

mashgʻulotda va mashgʻulotdan tashqari ishlarda qoʻllash;

tarbiyalanuvchilarning tabiati va qobiliyatlaridan qatʼiy nazar, rivojlanishiga hissa qoʻshadigan taʼlim maqsadlarini belgilash;

taʼlim muassasaning ustavi va ichki qoidalariga muvofiq tarbiyalanuvchilar tomonidan aniq odob-axloq qoidalarini aniqlash va belgilash;

tarbiya dasturlarini loyihalashtirish va amalga oshirish;

taʼlim muassasaning hayotidagi turmush tarzini, muhitini va anʼanalarini yaratish, saqlab turish;

tarbiyalanuvchilarning turli xil kontingentlari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida: iqtidorli bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, qiyin hayot sharoitida boʻlgan bolalar, migrant bolalar, yetim bolalar, xulq-atvorida ogʻish bor bolalar, giyohvandlikka chalingan bolalar bilan maqsadli ishlash uchun zarur boʻlgan psixologik-pedagogik texnologiyalarni (shuningdek, inklyuziv) oʻzlashtirish va qoʻllash;

Psixologik-tibbiy-pedagogik kengash doirasida boshqa mutaxassislar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

bolaning individual rivojlanishi uchun dasturlarni ishlab chiqish (boshqa mutaxassislar bilan birgalikda) va ota-onalar (qonuniy vakillar) bilan birgalikda amalga oshirish;

korreksion-rivojlantirish ishlarini amalga oshirishga imkon beradigan maxsus texnologiyalar va usullarni oʻzlashtirish va qoʻllash;

virtual haqiqat dunyosida va ijtimoiy tarmoqlarda universal tolerantlik harakatlari, ijtimoiy xulq-atvorning shakllari va qadriyatlarini, oʻzini tutish koʻnikmalarini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish, bagʻrikenglik va polimadaniyatli muloqotning ijobiy shakllarini shakllantirish;

tarbiyalanuvchilarning xulq-atvori va faoliyatini tartibga solish tizimini shakllantirish; tarbiyalanuvchilarning  xulq-atvori  va  shaxsiy  muammolarini  kuzatish  paytida

muassasalarda taʼlim va tarbiya berish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

imkoniyatli (toʻsiqsiz) muhitni yaratish, binolarda tuzatish va moslashish sinflari uchun bolalarning erkin harakatlanishini taʼminlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

diagnostika va sanitariya-gigiyena madaniyati darajasini baholash vositalaridan hamda bola sogʻligʻini saqlash koʻrsatkichlari darajasi va dinamikasi usullaridan foydalanish;

tarbiyalanuvchilarga sogʻlom bolalar bilan maktablarda oʻqish imkoniyatini berishda ularga manzilli yordam koʻrsatish;

sanitariya qoidalari va meʼyorlari doirasida boshqa mutaxassislar bilan oʻzaro aloqalar, ayniqsa, epidemiya yoki pandemiyani kuzatish davrida ularning sogʻligʻini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan eng maqbul va qulay sharoitlarni yaratish.

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolaning munosib individual rivojlanishi uchun sanitariya-gigiyena madaniyati darajasini, shuningdek muassasa gigiyenasini yaxshilash dasturlarini ijrosini taʼminlash (boshqa mutaxassislar hamkorligida) va ota-onalar (qonuniy vakillar) bilan birgalikda amalga oshirish

yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun maxsus texnologiyalar va usullarni oʻzlashtirish va ulardan yetarli darajada foydalanish

muassasaning sanitariya qoidalari talablarini bajarish

tarbiyalanuvchilar oʻrtasida sogʻlom va xavfsiz turmush madaniyatini shakllantirish

muassasa direktori tomonidan tasdiqlangan kun tartibi asosida oʻquvchilar bilan ish olib borish (ovqatlanish, darslarga tayyorgarlik, yotoqxonada tartib-intizom qoidalariga rioya qilish va hokazolarni nazorat qilish);

oʻquvchilarning ota-onalari bilan aloqalar oʻrnatish va farzandining taʼlim-tarbiyasini yana-da yaxshilash yuzasidan fikrlar almashish, taklif va tavsiyalar berish;

oʻquvchilarning ovqatlanishini tashkil etishda koʻmaklashish;

oʻquvchilar bilan yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, ijtimoiy hayot uchun maqbul boʻlmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanish boʻyicha suhbatlar oʻtkazib, tushuntirish ishlarini olib borish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

8.  Kutubxona mudirining lavozim majburiyatlari

Taʼlim muassasalarida taʼlim tili, sinflar va oʻquv fanlari kesimida darsliklar va oʻquv- metodik majmualarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganib, ularga buyurtma berilishini tashkil etish;

kutubxonada darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning inventarizatsiyasini oʻtkazadi va ular asosida yetishmayotgan darsliklar boʻyicha taʼlim muassasasi direktor orqali tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga takliflar kiritish;

yangi oʻquv yiliga “Transport va logistika” davlat unitar korxonasining hududiy filiallari tomonidan olib kelinadigan har bir darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni oʻrnatilgan tartibda qabul qilish, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qabul qilish boʻyicha taʼlim muassasasida tashkil etiladigan komissiyada ishtirok etish, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

xatlov natijasida taʼlim muassasasida yaroqsiz holga kelgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni utilizatsiya qilish boʻyicha rejasini tayyorlash, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlatish hamda umumlashtirish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga taqdim etish;

tasdiqlangan reja asosida utilizatsiya qilinadigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni “Transport va logistika” davlat unitar korxonasining hududiy filialiga topshirish;

“Kitobxonlar bayrami” tadbiri doirasida (“Adabiyot kunlari”, “Kitobim oftobim, “Kitob taqdimoti” nomli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, “Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi” va “Yilning eng yaxshi kitobxon taʼlim muassasasi” tanlovi, “Taʼlim muassasasi – kutubxona – oila — jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri va ota-onalar oʻrtasida “Bir farzandga-uch kitob” aksiyasi, “Men sevgan adabiy qahramon”, “Yil hikoyasi”, “Yosh kitobxonlar”, “Yilning eng isteʼdodli yosh shoiri”) tanlovlarining taʼlim muassasasi bosqichini tashkil etish;

5 ta tashabbus doirasida oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni kuchaytirish yoʻnalishida tegishli masʼullar bilan hamkorlik qilish;

faoliyat yoʻnalishiga oid turli anjuman, konferensiyalar, oʻquvlar, koʻrik-tanlovlar, avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yigʻilishlarda ishtirok etish;

oʻquvchilar, oʻqituvchilar va tashkilotning boshqa xodimlarini kutubxonaga aʼzo qiladi va kitobxonlarga berilgan kitoblar ustidan nazoratni taʼminlash;

kutubxonada va saqlash xonalarida xavfsizlik texnikasi, sanitariya, yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini kuzatib boradi va barcha turdagi kutubxona jamgʻarmasida saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

taʼlim muassasasi kutubxonalari uchun kutubxona–bibliografik klassifikatsiyasiga muvofiq hujjatlarning sistemali — alifboli joylashtirilishini taʼminlash;

kutubxona jamgʻarmasini tokchali va harfli ajratkichlar, tokchali va stendli koʻrgazmalar yordamida rasmiylashtirish;

kutubxonaning kitob va boshqa jamgʻarmalariga kitobxonlarning (foydalanuvchilarning) aybi bilan va kitoblar kamomadi, ularni yoʻqotish yoki buzish bilan bogʻliq yetkazilgan zararni oʻrnatilgan tartibda undirib olish choralarini koʻrish;

umumtaʼlim taʼlim muassasalarini badiiy adabiyotlar, darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash borasida ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish hamda amaliyotga tatbiq etish;

darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kutubxona jamgʻarmasiga qabul qilish va hisobdan chiqarish, kitoblarining sifatli va toʻgʻri yuritilishini amalga oshirish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

9.  Kutubxonachining lavozim majburiyatlari

Taʼlim muassasasida oʻquvchi va oʻqituvchilarning taʼlim tili, sinflar va oʻquv fanlari kesimida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish;

darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning inventarizatsiyasini oʻtkazish va ular asosida yetishmayotgan darsliklar roʻyxatini shakllantirish;

yangi oʻquv yiliga “Transport va logistika” davlat unitar korxonasining hududiy filiallari tomonidan olib kelinadigan har bir darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni oʻrnatilgan tartibda qabul qilish, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qabul qilish boʻyicha taʼlim muassasasida tashkil etiladigan komissiyada ishtirok etish, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etish;

xatlov natijasi asosida taʼlim muassasasida yaroqsiz holga kelgan darsliklar va oʻquv- metodik majmualarni utilizatsiya qilish boʻyicha rejasini tayyorlash, kutubxona mudiriga taqdim etish;

5 ta tashabbus doirasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni kuchaytirish yoʻnalishida tegishli masʼullar bilan hamkorlik qilish;

faoliyat yoʻnalishiga oid turli anjuman, konferensiyalar, oʻquvlar, koʻrik-tanlovlar, avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yigʻilishlarda ishtirok etish;

oʻquvchilar, oʻqituvchilar, muassasaning boshqa xodimlarini kutubxonaga aʼzo qilish va kitobxonlarga berilgan hujjatlar ustidan nazoratni taʼminlash;

kutubxonada va saqlash xonalarida xavfsizlik texnikasi, sanitariya, yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini kuzatib borish va kutubxona jamgʻarmasi saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

taʼlim muassasasi kutubxonalari uchun kutubxona–bibliografik klassifikatsiyasiga muvofiq hujjatlarning sistemali-alifboli joylashtirilishini taʼminlash;

umumtaʼlim taʼlim muassasalarini badiiy adabiyotlar, darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash borasida ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish hamda amaliyotga tatbiq etish;

darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni taʼlim muassasasining kutubxona jamgʻarmasiga qabul qilish va hisobdan chiqarish kitoblarini toʻgʻri yuritilishini taʼminlash;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

10.  Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor)ning lavozim majburiyatlari

Taʼlim muassasasida xodimlar shaxsiy tarkibining hisobini yuritish;

mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning shaxsiy tarkibi boʻyicha buyruqlarni (ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat taʼtili berish va h.k.) rasmiylashtirish va ularning belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlash;

xodimlarni muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tanishtirish;

xodimlarning shaxsiy ish jildlarini (T-2 kartochkalar, mehnat daftarchalari, mehnat shartnomalari va h.k.) shakllantirish va yuritish, ularga oʻz vaqtida xodimlarning faoliyati bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritish;

xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga, shuningdek, vazirlikning elektron maʼlumotlar bazasiga sifatli kiritilishi va oʻz vaqtida yangilab borilishini taʼminlash, mehnat daftarchalari yuritilishi, hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlash;

boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida ish.mehnat.uz hamda vazirlikning ish.uzedu.uz sayti orqali eʼlon berish;

xodimlarga taʼtil berish hisobini yuritish, taʼtillar jadvalini tuzish;

taʼlim muassasa xodimlariga pensiyalar tayinlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;

xodimlarning qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, uni pasaytirish boʻyicha muassasa direktoriga takliflar kiritish;

kadrlarga oid hujjatlarni belgilangan joriy saqlash muddatlari tugagach, uni doimiy saqlash uchun arxivga topshirish tayyorlash;

taʼlim muassasasida mehnat intizomining holati va xodimlar tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, mehnat intizomi buzilishlarining hisobini yuritish;

taʼlim muassasalarini pedagog kadrlar bilan taʼminlash, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini jalb etish choralarini koʻrish yuzasidan turli tadbirlarda ish beruvchi vakili sifatida ishtirok etish;

taʼlim muassasasi direktorining koʻrsatmasi asosida ish faoliyati davomida erishib kelayotgan yutuqlari uchun pedagoglar tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari va vazirlikning tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini tayyorlash, oʻrnatilgan tartibda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga taqdim etilishini taʼminlash;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) oʻz majburiyatlarini samarali bajarish maqsadida boshqa boʻlinmalar (xodimlar)dan tegishli maʼlumot va axborotlarni soʻrab olish huquqiga ega.

Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor)ga ushbu lavozim majburiyatlariga daxldor boʻlmagan boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

11.  Tarbiyachi yordamchisining lavozim majburiyatlari

Tarbiyalanuvchilarni roʻyxat boʻyicha tekshirib qabul qilish; guruh tarbiyachisidan maʼlumot olish;

yotoqxonadagi yumshoq va qattiq inventarlar, santexnika uskunalarining holatini tekshirish;

yongʻin xavfsizligi, xonalarning sanitariya holatlari haqida toʻliq maʼlumot olish;

yuqoridagi holatlarini koʻrsatgan holda navbatchilikni topshirish va qabul qilish uchun alohida tutilgan jurnalga qayd etish;

tarbiyachi va tibbiy hamshira bilan birgalikda ishni tashkil etish;

biriktirilgan tarbiyalanuvchilarga muntazam xizmat koʻrsatish, yotoqxonada ajratilgan joylarni tozaligini saqlash;

tarbiyalanuvchilarga oshxonada ovqatlanish, yuvinish va harakatlanishida yordam

berish;

tarbiyalanuvchilarning    buyumlari    tozaligini    nazorat    qilish,    kiyim-kechaklarini

almashtirishga yordam berish;

bolalarning holati, xatti-harakatlari boʻyicha doimiy nazorat olib borish, bolaning holati yomonlashuvi aniqlanganda, harakatlarida xavf sezilganda zudlik bilan tungi tibbiy hamshiraga xabar berish;

bolalarni sogʻligini tekshirib, kunduzgi tarbiyachilardan qabul qilib olish; oʻquvchilar kechki vaqtni unumli oʻtkazishini nazorat qilish;

guruhlarni tun davomida aylanib, tarbiyalanuvchilarning tungi uyqu jarayonini nazorat

qilish;

bolalarni ertalabki tarbiyachilarga sogʻlom va toʻliq topshirish.

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni

tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Izoh: Muassasaga kechki va tungi tarbiyachilar taʼlim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib tayinlanadi.

12.  Kun uzaytirilgan guruhi tarbiyachisining lavozim majburiyatlari

Oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga koʻmaklashish;

davlat taʼlim standarti va talablari, oʻquv dasturlariga muvofiq tegishli fan boʻyicha darslar, mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish;

oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga tayyorlash;

oʻquvchilarning fanni oʻzlashtirishini taʼminlash, oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan guruhlarda va individual tartibda ish olib borish;

oʻquvchilarning yozma ishlarini hamda daftarlarini tekshirish;

mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tarqatma va koʻrgazma materiallarni ishlab chiqish;

oʻquvchilarning  davomat  va  oʻzlashtirish  hisobini  olib  borish,  ularning  taʼlim muassasasi ustavi talablariga rioya qilishlarini taʼminlash;

pedagogik kengash, oʻquv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;

ota-onalar bilan farzandlarini tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha individual uchrashuvlar hamda suhbatlar oʻtkazish;

kasbiy mahoratini oshirib borish, oʻz faoliyatiga oid ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish; taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

13.  Tarjimon-kotibaning lavozim majburiyatlari

Muassasada unga biriktirilgan koʻzi ojiz oʻqituvchilarning yillik ish rejasi va dars jadvali asosida ish yuritilishini taʼminlash;

oʻqituvchi bilan birga dars jarayonini tashkil etishda vakolati doirasida ishtirok etish;

dars jarayonida oʻquvchilarning davomatini aniqlash, sinf jurnaliga oʻqituvchining koʻrsatmasiga asosan rejadagi mavzularni yozish va oʻqituvchi tomonidan qoʻyilgan kundalik va nazorat baholarini belgilangan tartibda qoʻyib borish, bunda bevosita husnixat bilan bogʻliq boʻlgan orfografik va imlo qoidalariga rioya qilish;

biriktirilgan koʻzi ojiz oʻqituvchining darsdan tashqari mashgʻulotlar va toʻgarak ishlarini olib borilishida koʻmaklashish;

joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlari, bosqichli va davlat attestatsiyasidagi imtihonlar oʻtkazishda yordam berish;

dars jarayonida oʻquvchilarga tarqatiladigan tarqatma materiallarning oʻquvchilarga tarqatilishida oʻqituvchining soʻrovi asosida yordamlashish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

14.  Xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (xoʻjalik mudiri)ning lavozim majburiyatlari

Taʼlim muassasasi binolarining texnik holati, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli oʻquv koʻrgazmali jihozlar)ning saqlanishini taʼminlash;

taʼlim muassasasiga yetkazib berilayotgan jihozlarni belgilangan tartibda qabul qilish, jihozlarning toʻgʻri taqsimlanishini amalga oshirish;

taʼlim muassasasidagi xoʻjalik ishchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularni nazorat qilish, har oyda ishchi xodimlarning ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish;

moddiy tovar boyliklarning aylanma qaydnomasini yuritish, muassasaga olib kelingan inventarlarni, xoʻjalik va kanselyariya mollarini kirim qilish, ularni oʻz vaqtida tarqatish, roʻyxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish;

oʻquv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni taʼmirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni taʼmirlash, jihozlash, ularni yangi oʻquv yiliga tayyorlash, roʻyxat boʻyicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va oʻquv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish;

kommunal toʻlovlar (gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) boʻyicha hisoblagichlarning kundalik koʻrsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qilish;

telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari boʻlinmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini koʻrish;

taʼlim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida boʻlishida farroshlar, binoni qoʻriqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ishini muvofiqlashtirish;

bir yilda bir marta jamoat komissiyasi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari boʻyicha xatlov (inventarizatsiya)dan oʻtkazish;

muassasada obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;

kuz-qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada boʻlishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada boʻlmagan kunlarda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga maʼlum qilish hamda ushbu kunlarni roʻyxatga olib, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga issiqlik uchun toʻlab beriladigan mablagʻlarni qayta hisob-kitob qilinishi haqida ogohlantirish;

kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, deraza va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini taʼmirlab, tayyor holga keltirilishini taʼminlash;

yakka tartibda isitiladigan taʼlim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilgʻi materiallarini qabul qilish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini taʼminlash;

yongʻin xavfsizligi asboblarini yetarli darajada boʻlishini nazorat qilish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

15.  Bosh hisobchining lavozim majburiyatlari

Muassasada buxgalteriya hisobini Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018-yil 17-martda 2169-2 — son bilan roʻyxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ga va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;

mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining toʻgʻri sarflanishi, mansab maoshlarining toʻgʻri belgilanishi, shtat, moliya va kassa intizomiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;

pul mablagʻlari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qilish, hisob-kitoblar va toʻlov majburiyatlarini bajarishda belgilangan qoidalarga rioya etish;

belgilangan muddatlarda debitorlik qarzni undirib olinishi va kreditorlik qarzning qaytarilishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarning koʻrish, toʻlov intizomiga muntazam rioya etish;

buxgalteriya hujjatlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;

byudjet mablagʻlarini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablagʻlarni xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanishi, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;

tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini belgilangan tartibda hamda oʻz vaqtida hisoblab chiqish;

smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;

pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;

moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini oʻtkazish;

moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish;

moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;

tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob- kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish boʻlimlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan boʻlsa);

asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;

buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini taʼminlash (agar rejalashtirish boʻlimlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan boʻlsa);

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

16.  Hisobchining lavozim majburiyatlari

Muassasada buxgalteriya hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini taʼminlash;

hujjatlar bilan ishlash, turli axborotlar va hisobotlar tayyorlash, ish rejasida belgilangan vazifalar hamda rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash;

moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish;

moddiy qimmatliklar, pul mablagʻlari, shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda bevosita ishtirok etish;

buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;

tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini belgilangan tartibda hamda oʻz vaqtida hisoblab chiqish;

smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;

pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;

moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;

moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish;

moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;

tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish boʻlimlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan boʻlsa);

buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini taʼminlash (agar rejalashtirish boʻlimlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan boʻlsa);

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MUASSASALARI (AYRIM FANLAR CHUQUR OʻRGANILADIGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MUASSASALAR) XODIMLARINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI

1.  Direktorning lavozim majburiyatlari

Umumiy orta taʼlim muassasasining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Pedagogik kengashga raislik qilish, muassasaning tashkiliy-huquqiy, oʻquv-tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining tashkil etilishini taʼminlash;

Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsad va vazifalari, oʻquv-tarbiya jarayonini va taʼlim sifatini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

maktabning yillik ish rejasini tasdiqlash hamda oʻqituvchilar tomonidan oʻquv rejasining bajarilishini nazorat qilish;

dars jadvali, shtatlar jadvali va tarifikatsiya roʻyxatlari, mehnat taʼtili jadvalini tasdiqlash; oʻquv jarayoniga innovatsion va zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etishga sharoit

yaratish, zamonaviy taʼlim usullari va resurslarini qoʻllash orqali oʻquvchilarning bilim

samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;

maktab faoliyatining moliyaviy-xoʻjalik masalalarini hal qilish, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning shakllanishi, undan samarali foydalanishini amalga oshirish, maktabni rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari qoʻshimcha mablagʻ topish va moddiy resurslar bilan taʼminlash choralarini koʻrish, maktabning investitsion jozibadorligini taʼminlash, shuningdek, taʼlimiy maqsadlarga erishish uchun moliyaviy, moddiy resurslarning samarali taqsimotini va xodimlarning safarbarligini taʼminlash hamda qabul qilingan qarorlarning oqibatlari, moliyaviy- xoʻjalik natijalariga shaxsan javob berish;

korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xoʻjalik shartnomalari tuzishda maktab nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish;

turli yoʻnalishlardagi davlat va nodavlat jamgʻarmalar bilan oʻzaro hamkorlikda ish yuritish, Kuzatuv va pedagogik kengash hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda maktabni rivojlantirish boʻyicha strategik rejalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, maktabning yuksak vazifa va maqsadlarini shakllantirish ishlarini tashkil etish;

yillik moliyaviy rejalarni, koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlangʻich narxni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taʼlim muassasasi kuzatuv kengashiga taqdimnoma kiritish;

muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida taʼlim muassasasi kuzatuv kengashiga vaqti-vaqti bilan hisobotlar berish;

strategik reja asosida manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda maktabni rivojlantirish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish, strategik rivojlanish, harakatlar rejasi ijrosini taʼminlash, maktab faoliyati samaradorligini oshirish tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish;

oʻquv jihozlari, qurilmalari va boshqa taʼlim vositalarining saqlanishini taʼminlash, maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish, mol-mulkdan samarali foydalanish va ularning saqlanishiga javobgar boʻlish;

muassasani yangi oʻquv yili, kuz-qish mavsumiga tayyor boʻlishini taʼminlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muassasani qabul qilish dalolatnomalarini imzolash;

muassasani davlat akkreditatsiyasi va attestatsiyasidan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, ichki baholashni tashkil etish va uni belgilangan tartibda oʻtkazish, tashqi baholashdan oʻtkazish uchun akkreditatsiya komissiyalariga kerakli shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maʼlumotlar bilan taʼminlash;

muassasani malakali kadrlar bilan taʼminlash, pedagog xodimlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, uni qoplash choralarini koʻrish, oʻquvchilar orasidan iqtidorlilarni tanlab pedagogik yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash va ijrosini taʼminlash, tegishli malaka va kompetensiyalarga ega xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish, ular oʻrtasida vazifalarni oqilona va adolatli taqsimlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish hamda ijro, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini taʼminlash, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart- sharoitlar yaratish;

navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda attestatsiyadan oʻtishi uchun hujjat topshirishini hamda attestatsiyadan oʻtkazish uchun hujjat topshirishini nazorat qilishi;

oʻqituvchilar malakasini oshirish ishlarida ijobiy, konstruktiv va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratish, ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish jadvali va maktab ehtiyojlariga mos ravishda oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanish dasturini ishlab chiqish hamda malaka oshirishga jalb qilish ishlarini tashkillashtirish, pedagog xodimlarni ragʻbatlantirish uchun davlat taʼlim standartlari talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil qilish;

muassasada bilimni baholashning yangi tartibi joriy qilingan taqdirda oʻqituvchilar tomonidan oʻquvchilar bilimini bob boʻyicha summativ baholash va chorak boʻyicha summativ baholash jarayonlarini adolatli va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash;

maktabning 9- va 11-sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma berilishini taʼminlash;

maktabning 11-sinf bitiruvchilariga nizom talablariga muvofiq oltin va kumush medallar berilishini taʼminlash;

maktab bitiruvchilarini oliy hamda boshlangʻich professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashtirish koʻrsatkichlarini yaxshilash choralarini koʻrish;

jamoada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy, xavfsiz va ragʻbatlantiruvchi muhitni yaratish, maktab qoshidagi Maxsus komissiya faoliyatida obyektivlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash uchun sharoit yaratish;

oʻquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini koʻrish;

oʻquvchilarni maktabga qabul qilish va sinfdan-sinfga oʻtkazish va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish ishlarini tashkil qilish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishini yaxshilashga va har birining imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, shuningdek, oʻquvchilar ehtiyojiga asosan sifatli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish choralarini koʻrish;

ota-onalarga va fuqarolarga reglament talablariga muvofiq davlat xizmatlarini (dublikat shahodatnoma berish, 1-sinfga onlayn qabul, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish) koʻrsatilishni taʼminlash;

oʻquvchilarni darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalari bilan taʼminlash ishlarini tashkil etishini nazorat qilish;

ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil qilish;

bolalikni himoya qilish boʻyicha, voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlari xavfsizligini muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini taʼminlash;

kam taʼminlangan oilalarning 1-11-sinf farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini, ularni qishki kiyim-kechak majmuasi va darsliklar bilan bepul taʼminlashni tashkil etish;

internat turidagi umumtaʼlim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj oʻquvchilar uchun kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish;

oʻquvchilarni  milliy  anʼanalar,  urf-odatlar  boʻyicha  tarbiyalashga,  ularda  milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;

maktab xodimlari orasidagi eng faollarini ragʻbatlantirish, lavozim vazifalarini bajarmaganligi uchun ularga nisbatan oʻz vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qoʻllash;

oʻquvchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va bolalar uchun qoʻyilgan sanitariya- gigiyena talablariga rioya qilish.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq, qonunchilikda nazarda tutilgan oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan sifatli ish yuritish tizimini shakllantirish;

maktabning mulkiy manfaatlarini sudda, hakamlik sudida, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida himoya qilish;

barcha direktorlar bir yilda ikki marotaba shaxsiy rivojlanish rejasi ijrosi boʻyicha Direktorlar Kengashiga hisobot berish;

barcha direktorlar maktab dasturining ijrosi yuzasidan har uch yilda bir marotaba Direktorlar Kengashiga hisobot berish;

maktab faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek muassasa xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

maktab boshqaruv muhitini shakllantirishda xalqaro tadqiqot mezonlarini inobatga olish; maktab xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun tanlab olingan hollarda xalqaro talablar

asosida tadqiqotlarni oʻtkazishni taʼminlash.

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

2.  Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari

Oʻquv jarayonini tashkil qilish, davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlash;

pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv jarayoni, oʻquv jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;

taʼlim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish, fakultativ mashgʻulotlar va fanlar toʻgaraklarining ishlashini tashkil qilish;

tayanch oʻquv rejaga muvofiq dars jadvallarini sanitariya qoidalari va meʼyorlari, fan oʻqituvchilarining metodik kunlarini inobatga olgan holda tuzish;

pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etish, pedagogik jamoaning oʻquv-metodik ishlariga rahbarlik qilish, oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish;

oʻqituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish, oʻqituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish, darslar, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasi jadvallari va boshqa oʻquv tadbirlarini ishlab chiqish;

fan oʻqituvchilari tomonidan dars mashgʻulotlarining umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borilishini nazorat qilish;

fan oʻqituvchilari tomonidan taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini dars oʻtilgan kunning oʻzida sinf jurnallariga (elektron jurnallarga) qayd etilishini nazorat qilish;

fan oʻqituvchilari tomonidan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining reja asosida oʻtkazilishi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirilishini nazorat qilish, zarur hollarda, metodik tavsiyalar berish;

fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni tahlil qilish, metodik tavsiyalar berish; pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etish, yuqori malakali

oʻqituvchilarning ilgʻor pedagogik tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish;

pedagoglarga xorijiy va milliy sertifikatlar toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish va oʻz vaqtida sertifikatlarni yagona elektron tizim (ERP) ga kiritilishini nazorat qilish;

fan oʻqituvchilari tomonidan fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida tashkil etilgan toʻgarak mashgʻulotlarini tasdiqlangan jadval asosida olib borilishini taʼminlash va nazorat qilish;

anʼanaviy malaka oshirish tizimi amal qilayotgan hududlarda fan oʻqituvchilarining belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslarida oʻqishlarini taʼminlash (uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy qilingan hududlarda, shu jumladan elektron malaka oshirish tizimlari orqali, pedagog xodimlarning malakasini oshirilishi oʻqituvchining shaxsiy masʼuliyati hisoblanadi);

“Chet tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Oʻzbek tili/Rus tili”, “Jismoniy tarbiya”, “Texnologiya” fanlarining belgilangan tartibda ikki guruhga boʻlib oʻqitilishini taʼminlash (umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (maktab-internat)ning moddiy-texnik imkoniyati yoki kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladigan holatlar sababli ushbu darslarni boʻlib oʻqitish imkoniyati boʻlmagan holatlar bundan mustasno);

dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffuslar davomiyligini belgilangan tartibda tashkil etilishini taʼminlash;

tegishli qonun hujjatlarida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda (mavzularni tigʻizlashtirilgan holda) keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtilishini taʼminlash;

oʻquv yili davomida oʻquvchilarning belgilangan muddatlarda taʼtillarga chiqishini taʼminlash;

anʼanaviy shakldagi sinf jurnallaridan foydalanilayotgan taʼlim muassasalari sinf jurnallarining (elektron jurnal joriy etilgan taʼlim muassasalarida faqatgina sinflar boʻyicha yillik hisobotning bosma talqini) saqlanishini taʼminlash;

oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish va uni elektron dasturga kiritish; oʻqituvchining maʼlumoti va malaka toifasiga koʻra amaldagi qonun hujjatlariga koʻra

ularga darslarni toʻgʻri taqsimlashda, shuningdek, xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etish;

oʻquv mashgʻulotlar va taʼlim faoliyati boshqa turlarining jadvalini tuzish, ishda vaqtinchalik boʻlmagan oʻqituvchilarning dars soatlari oʻz vaqtida almashtirilishini, qoldirilgan va boshqa oʻqituvchi oʻrniga oʻtilgan darslarni qayd etish jurnalini yuritilishini taʼminlash;

oʻquvchilarni belgilangan meʼyorlar asosida bitta sinfga jamlash, yaʼni sinflar komplektini shakllantirish;

umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi asosida dars soatlari setkasini (sinflar soni, sinf komplektidagi oʻquvchilar soni va tegishli mutaxassislik boʻyicha oʻqituvchilar mavjudligini inobatga olgan holda barcha fanlar boʻyicha shakllantirilgan jami dars soatlarini) tayyorlash;

boshqa umumtaʼlim muassasalaridan kelgan va ketgan oʻquvchilarni taʼlim muassasasi direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar roʻyxatiga (sanoqqa) kiritish yoki chiqarish;

ota-onalarga va fuqarolarga reglament talablariga muvofiq davlat xizmatlarini (dublikat shahodatnoma berish, 1-sinfga onlayn qabul, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish) koʻrsatilishni taʼminlash;

maktabning 9- va 11-sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma berilish jarayonini muvofiqlashtirish;

maktabning oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini maktabning Pedagogik kengashiga taqdim etish;

muassasaning yillik ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va fanlar boʻyicha metodbirlashma yigʻilishlarini oʻtkazilishini nazorat qilish;

oʻqituvchilar tomonidan namunaviy darslarni tashkil etilishini taʼminlash;

umumiy oʻrta taʼlim maassasa direktori vaqtincha ishda boʻlmagan hollarda pedagogik kengashni oʻtkazish;

oʻqituvchi va xodimlarni ragʻbatlantirish, ularga oylik ustamalar belgilash va mukofotlash, moddiy yordam berishda ishtirok etish;

psixologlar va oʻqituvchilarning maktab yoshidagi bolalarni taʼlimga jalb etish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va bitiruvchilarni OTM ga tayyorlash ishlariga rahbarlik qilish;

taʼlim samaradorligi boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish boʻyicha metodbirlashmalar faoliyatini nazorat qilish;

pedagoglar va oʻquv-tarbiya xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish;

muassasada avgust kengashlarini tashkil etish, fanlar boʻyicha metodbirlashma yigʻilishlarini oʻtkazilishini nazorat qilish;

pedagogik kengash, oʻquv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

3.  Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozim majburiyatlari

Oʻquvchilarning davlat taʼlim standartlari talablaridan oshadigan chuqur taʼlim tayyorgarligini taʼminlash;

oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;

har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

ixtisoslashtirilgan sinflarda pedagog xodimlar tomonidan oʻtkazilayotgan darslar, turli tadbirlarda ishtirok etish, tahlil qilish va tahlil natijalarini pedagoglarga oʻz vaqtida yetkazish va metodik yordam koʻrsatish;

har chorak yakuniga koʻra ixtisoslashtirilgan sinflarda ixtisoslik fanlaridan oʻquvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida monitoring tadbirlari oʻtkazish va tahlil natijalarini ishlab chiqarish va pedagogik kengash muhokamasiga kiritish;

oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, oʻquvchilar bilimida aniqlangan boʻshliqlarni toʻldirish maqsadida qoʻshimcha mashgʻulotlar tashkil etilishini taʼminlash;

vazirlik tomonidan belgilangan kvota asosida barcha xohlovchilarning tanlovda ishtirokini taʼminlash maqsadida OAVlariga eʼlon berish;

maktabning 4-sinf ota-onalarini xabardor qilish;

ota-onalardan tushgan arizalarni roʻyxatga olish va imtihon kunlari haqida ota-onalarni ogohlantirish;

vazirlik tomonidan tasdiqlangan tanlov saralash-testlariga belgilangan muddatda oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlagan xolda ishtirokini taʼminlash;

oʻtkazilgan saralash-testlari natijalarini ota-onalarga yetkazish;

saralash test natijalariga koʻra yuqori ball toʻplagan oʻquvchilardan kvota asosida ixtisoslashgan sinflar tashkillashtirish va buyruq rasmiylashtirilishini taʼminlash;

ixtisoslashgan sinflarni birinchi va oliy toifali oʻqituvchilar bilan taʼminlanishiga koʻmaklashish va bu oʻqituvchilarning oʻz vaqtida malaka oshirishlarini nazorat qilish;

oʻquv yili yakunida boʻshab qolgan oʻrinlarni toʻldirish maqsadida, oshkoralik prinsiplariga amal qilgan holda saralash-testlari oʻtkazilishini oʻquvchilar va ularning ota- onalariga maʼlum qilish, ariza bergan oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish;

ixtisoslashgan sinflardagi boʻsh oʻrinlar uchun oʻtkaziladigan saralash-testlariga material tayyorlash, maxfiyligini taʼminlash, shaffoflik, haqqoniylik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan holda saralash-testlarini oʻtkazish va natijalarini tahlil qilish;

ixtisoslashgan sinflarda dars olib borayotgan oʻqituvchilar tomonidan sinf jurnalining (elektron jurnal joriy etilgan muassasalarda elektron jurnalning) muntazam yuritilib borilishini nazorat qilish;

ixtisoslashgan sinflar boʻyicha bayonnomalar daftarlarini yuritish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

4.  Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari 1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur yoʻriqnoma umumiy oʻrta taʼlim muassasasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining (keyingi oʻrinlarda direktor oʻrinbosari deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini samarali tashkil etish tartibini belgilaydi.
  2. Direktor oʻrinbosari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyruqlariga hamda mazkur yoʻriqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.

2-bob. Direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari.

  • Quyidagilar direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish; tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini nazorat qilish;

taʼlim   muassasasi   oʻquvchilari   hamda   pedagoglari   ishtirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishidagi tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;

taʼlim muassasasida turli toʻgaraklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini taʼminlash;

milliy anʼana va qadriyatlar, xalqimizning boy maʼnaviy merosi asosida oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;

oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi taʼtil davrida ularning kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;

taʼlim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish;

sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, taʼlim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar holati va natijalarini monitoring qilish, ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish;

oʻquvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligini nazorat qilish;

oʻquv yili davomida har juma kuni tashkil etiladigan “Sinf soati”ning oʻtkazilish samaradorligini monitoring qilish;

oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari boʻyicha huquq-tartibot, fuqarolarning oʻzini  oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

ichki ishlar profilaktik hisobiga, maktab ichki roʻyxatiga olingan oʻquvchilar hisobi va hisobotini yuritish, ular bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;

taʼlim muassasasida “xavf guruhi”ga kiruvchi (notinch, nosogʻlom, toʻliq boʻlmagan oila) oʻquvchilarning umumiy roʻyxatini shakllantirish, maktab inspektor-psixologlari bilan birgalikda individual yondashuv asosida alohida tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish;

sanʼatkorlar, sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilish;

pedagog xodimlar uchun oʻquv yili davomida har oyning uchinchi jumasida maʼnaviy- maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;

vatanparvarlik, insoniylik, millatlararo doʻstlik va totuvlik tamoyillariga asoslangan oʻquvchilar jamoasining shakllanishiga tegishli sharoitlarni yaratish;

oʻz malakasini oshirib borish, yoʻnalishi boʻyicha tuman, mintaqa va respublika miqyosidagi turli seminarlarda ishtirok etish;

voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishining, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Oʻquvchi”, “Davomat”, “Tigʻ” kabi profilaktik reydlarda ishtirok etish;

sinf rahbarlari va maktab psixologlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

4-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, tarkibi 14 kishidan iborat 4-7-sinflarda har bir sinfdan 1 nafardan sinf “Kamalak” sardori”, 8-11-sinflarda 1 nafardan sinf “Yoshlar ittifoqi” sardori” tanlagan holda, “Maktab sardorlari kengashi” saylovini tashkil etish;

oʻquv yili davomida sardorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;

tarbiyaviy   ishlar    yuzasidan    sinf    rahbarlarining    hisobotlarini eshitish, pedagogik kengashlarda umumiy hisobot berish.

Direktor oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.

  • Direktor    oʻrinbosari    oʻziga    yuklatilgan    asosiy    vazifalarga             muvofiq    quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a)  oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida:

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari-Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari bilan birgalikda vatanparvarlik ishlarini muvofiqlashtirish;

har tomonlama yetuk, barkamol, maʼnaviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, oʻquvchilarning qobiliyatlarini toʻliq namoyon etishlari uchun yetarli shart- sharoitlar yaratish;

oʻquvchilar oʻrtasida Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

oʻquvchilar bilan ishlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq meʼyorlarini tarbiya jarayoniga tatbiq etish, oʻquvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish;

tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻquvchilarning gʻayriijtimoiy xatti- harakatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish, tadbirlarga “xavf guruhi”ga kiruvchi oʻquvchilarni muntazam ravishda jalb etish.

b)  ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yoʻnalishida:

“Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligidagi Jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, reja asosida kengash majlislarini tashkil etish;

oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat qilish;

oʻquvchilarning turli diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, targʻibot ishlarini tashkil etish;

oʻquvchilarning    taʼlim-tarbiyasi    boʻyicha    ota-onalar    majlislari,    davra                                       suhbatlari, muloqotlar uyushtirish;

darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilarning ota-onalari hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, natijalarini reja asosida direktor huzuridagi yigʻilishlarda muhokama etib borish.

d)  oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yoʻnalishida:

5 ta muhim tashabbus doirasida taʼlim muassasasida fan, sport, badiiy-estetik, sanʼat, texnik, ekologik, sayyohlik, oʻlkashunoslik va boshqa yoʻnalishlarda toʻgaraklar, klublar faoliyatini tashkil etish, oʻquvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularni toʻgaraklarga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;

qobiliyatli va isteʼdodli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish ishlarini tashkil etish;

oʻquvchilarning yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazishi uchun sinf rahbarlari va ota-onalar hamkorligida sharoit yaratishni muvofiqlashtirish;

sinf rahbarlari bilan birgalikda oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlagan holda sinfdan va maktabdan tashqari, ekskursiya, maʼnaviy-maʼrifiy, ommaviy- madaniy tadbirlarni tashkil etishga, sayohatlar uyushtirishga bevosita rahbarlik qilish.

e)  pedagogik jamoa bilan birgalikda:

“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oʻqituvchi va oʻquvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”, “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning mazmun- mohiyatini va talablarini taʼlim muassasasining har bir xodimi, oʻquvchilari, ularning ota-onalari eʼtiboriga yetkazish, ular tomonidan rioya etilishini nazorat qilish;

zarur hollarda mobil telefonlardan foydalanish, ichki tartib va odob-axloq qoidalariga taʼlim muassasada rioya etilish holati boʻyicha masalalarni pedagogik kengash, direktor huzuridagi va ota-onalar yigʻilishlari muhokamasiga kiritish.

Direktor oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

  • Direktor oʻrinbosari quyidagilarni bilishi lozim:

amaldagi umumiy oʻrta taʼlim sohasini va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ- huquqiy hujjatlarni;

jamoani boshqarishning samarali usullarini, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini; bolalarni vatanparvarlik ruhida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash usullarini;

voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni;

davlat taʼlim standartlari talablari va uning mazmunini;

xodimlarni maʼnaviy-moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini;

pedagogika   fani   va    amaliyoti,   boshqaruv   psixologiyasining   jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini;

taʼlim muassasasi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, taʼlim muassasasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash, ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishni;

taʼlim muassasasining tarbiyaviy tadbirlar dasturlari va tarbiyaviy ishlar rejalarini ishlab chiqishni;

taʼlim muassasasi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni;

pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni.

  • Direktor oʻrinbosari zimmasiga mazkur yoʻriqnoma va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifalarni yuklash, ularni faoliyatiga oid boʻlmagan yigʻilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
  • Oʻquvchilarning taʼlim muassasasidan tashqarida, darsdan keyingi paytdagi xatti- harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning ota-onalari javobgar hisoblanadi.

Bunday holatlarda direktor oʻrinbosariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

3- bob. Direktor oʻrinbosarining huquq va majburiyatlari

  • Direktor oʻrinbosari faoliyatiga doir vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga

ega:
taʼlim muassasasidagi tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish;

sinf rahbarlari bilan oʻquvchilar jamoalarini oʻrganish, sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishlari

sifat-samaradorligi va mazmunini, bolalar ijodiy birlashmalari (toʻgarak, klub, seksiya) faoliyatini nazorat qilish;

sinf rahbarlari, pedagoglar, ota-onalar, mahalla, ijodiy tashkilotlar bilan ishlash mazmuni, shakl va usullarini tanlash, uni taʼlim muassasasi anʼanalariga muvofiq ravishda amalga oshirish;

darslarda, darsdan va maktabdan tashqari tadbirlarda, sinf rahbarlari tomonidan taklif etilgan tadbirlarda ishtirok etish;

har bir pedagog xodimning maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya yoʻnalishidagi ishlari, oʻquvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etishdagi natijalari asosida moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha taklif kiritish;

oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasi boʻyicha ota-onalarni taʼlim muassasasiga taklif etish, zarur hollarda tegishli idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oilalarga tashrif buyurish;

mahalliy hokimlik qoshidagi Bolalar masalalari boʻyicha idoralararo milliy komissiyasi ishida, tashkilot va idoralardagi taʼlim muassasasi oʻquvchilarining taʼlim-tarbiyasiga oid

kengashlarda, voyaga yetmaganlar taʼlim-tarbiyasiga oid yigʻilishlarda, tarbiya muammolariga bagʻishlangan nazariy-amaliy, metodik ishlarda qatnashish;

boshqa      taʼlim-tarbiya      muassasalarining      ilgʻor      ish      tajribalarini                           oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish;

pedagogik va metodik kengash yoki sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi kengashlariga masalalar kiritish, muhokama qilish;

taʼlim-tarbiya ishlarida yuqori koʻrsatgichlarga erishgan sinf rahbarlarini ragʻbatlantirish va taqdirlash boʻyicha rahbariyatga taklif kiritish;

voyaga yetmaganlarni taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qoʻshayotgan ota-onalarni, mahalla faollarini, mehnat faxriylarini ragʻbatlantirish va taqdirlash uchun taklif kiritish.

Direktor oʻrinbosari oʻz vazifalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

  • Direktor oʻrinbosarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

taʼlim muassasasida tarbiyaviy ishlarni shakllantirish va tizimli tashkil etish;

sinf rahbarlari tomonidan oʻquvchilar davomati yuritilishini nazorat qilish, tegishli tashkilotlarning vakillari bilan birgalikda dars mashgʻulotlariga surunkali va muntazam qatnashmaydigan oʻquvchilarning oilaviy ahvolini, darsga kelmaslik sabablarini oʻrganish, ularni darsga toʻliq jalb etish choralarini koʻrish, zarur hollarda ularga nisbatan taʼsirchan choralar belgilash boʻyicha tegishli tashkilotlarga rahbariyat nomidan yozma murojaat kiritish;

taʼlim muassasalariga biriktirilgan inspektor-psixologlar oʻquvchilarning xatti-harakati, odob-axloqi va davomatida yuzaga keladigan muammolarda belgilangan tartibda chora-tadbir ishlarini amalga oshirish;

“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasa oʻqituvchi va oʻquvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”, “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablariga pedagog xodimlar, oʻquvchilar, ularning ota-onalari (taʼlim muassasasiga tashrif buyurgan fuqarolar) tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, nizom talablarining buzilish holatlari kuzatilganda, ularga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrish boʻyicha taklif kiritish;

amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq farzand tarbiyasida ota-ona masʼuliyati, majburiyati va javobgarligi toʻgʻrisida ota-onalar oʻrtasida targʻibot tushuntirish ishlarini tashkil etish;

barcha umumtaʼlim fanlari oʻqitilishida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirilishini nazorat qilish, pedagoglarga uslubiy yordam koʻrsatish;

oʻzining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish.

Direktor oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.

4- bob. Direktor oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish tartibi

  1. Direktor oʻrinbosari taʼlim muassasasi direktori (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi taʼlim muassasalari direktori) tomonidan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Belgilansinki, maktab direktori oʻrinbosarining kelgusidagi ish faoliyatini samarali tashkil etishi uchun shaxsiy masʼuliyat maktab direktori zimmasiga yuklatiladi.

Direktor oʻrinbosarligiga taʼlim muassasasida oʻzining tashkilotchilik qobiliyati va ishiga fidoyilik bilan yondashadigan, jamoa orasida ibratli hamda namunaviy xulq-atvorga ega boʻlgan,

oʻzining yetakchilik qobiliyati bilan pedagogik jamoa va oʻquvchilar oʻrtasida obroʻ qozongan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni puxta egallagan va kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega boʻlgan oliy pedagogik maʼlumotli (birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi ) oʻqituvchilar tarkibidan tanlanadi.

  1. Direktor oʻrinbosari oʻquvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil qiladi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga umumiy rahbarlik qiladi.
    1. Direktor oʻrinbosari tadbirlarda, oʻquvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlaydi, tarbiya jarayonini tashkil etish boʻyicha ota-onalar, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari, mahalliy hokimlik, huquq- tartibot idoralari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
    1. Direktor oʻrinbosarining ish rejasi taʼlim muassasasining umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqiladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi.
    1. Direktor oʻrinbosari bevosita taʼlim muassasasi direktoriga boʻysunadi.
    1. Direktor oʻrinbosari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:
  2. yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar toʻplami (yuqori tashkilotlar rejasi, 5 ta muhim  tashabbuslar  va  taʼlim  muassasasi  umumiy rejasiga  muvofiq  ishlab  chiqilgan

/tasdiqlangan/ ish rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);

  • voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir hujjatlar toʻplami (Bolalar masalalari boʻyicha idoralararo milliy komissiyasi bilan ishlash hujjatlari, ichki ishlarning profilaktik hisobida turuvchi oʻquvchilar yigʻma jildlari, odam savdosiga, giyohvandlikka, diniy ekstremizm va aqidaparastlikka, OITSga qarshi kurash, yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligi yoʻnalishiga oid yuqori tashkilotlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);
  • “Oila – mahalla — taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatiga doir hujjatlar toʻplami (yuqori tashkilotlarning /shu jumladan xotin-qizlar bilan ishlash boshlangʻich tashkiloti/ hamkorlik rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilish yuzasidan tegishli hujjatlar);
  • oʻquvchilar davomati va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga doir hujjatlar toʻplami (direktor oʻrinbosari tomonidan umumlashtirilgan va tuman /shahar/ Maktabgacha va maktab taʼlimi tuman boʻlimiga taqdim etilgan davomat boʻyicha maʼlumotlar, muntazam va surunkali dars qoldiruvchi oʻquvchilar va noqobil oila farzandlari bilan olib boriladigan tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning ijrosi yuzasidan hamda oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, toʻgaraklar faoliyati va taʼtil kunlariga doir hujjatlar).
    • Direktor oʻrinbosari faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv yili choraklari va yakuni boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda taʼlim muassasasi direktoriga topshiradi.

5- bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqaruv idoralari direktor oʻrinbosari yordamidan faqat ushbu yoʻriqnomada belgilangan vazifalar doirasida taʼlim muassasasi direktori bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
    1. Mazkur yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

5.  Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarining lavozim majburiyatlari

Harbiy ish asoslarini oʻzlashtirish toʻgaragi faoliyatini harbiy-amaliy sport turlariga uzviy bogʻlagan holda yuritish;

ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga hamda maktab ichki roʻyxatiga olingan oʻquvchilarni darsdan keyingi fan toʻgaraklari hamda mashgʻulotlariga jalb qilish choralarini koʻrish;

oʻz kasbiy tayyorgarligini muntazam oshirib borish, pedagogik va uslubiy koʻnikmalarini takomillashtirish;

ChQBT fani oʻquv xonasiga rahbarlik qilish, shuningdek, qurol saqlash va otish tiri xonalarini nazorat qilish;

taʼlim muassasasi ixtiyoriga berilgan oʻquv qurol-aslahalari hisobini belgilangan tartibda yuritish, ularning mavjudligi va texnik holatini doimiy ravishda shaxsan tekshirib borish, zarur hollarda taʼmirlanishi va hisobdan chiqarilishini tashkil etish, fan oʻquv-moddiy bazasining soz holda saqlanishini taʼminlash;

harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi darsdan tashqari toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini taʼlim muassasasi pedagoglar jamoasi bilan hamkorlikda amalga oshirish;

“14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;

jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi bilan hamkorlikda taʼlim muassasasi miqyosida harbiy- sport musobaqalarini muntazam ravishda tashkil etish hamda oʻtkazish;

taʼlim muassasasi oʻquvchilarini harbiy-sport musobaqalari va fuqaro muhofazasi boʻyicha tuman (shahar) miqyosida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishlarini tashkil etish;

oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi taʼtil davrida ularning “Yosh qutqaruvchi”, “Yosh chegarachilar”, “Yosh oʻt oʻchiruvchi”, “Yosh gvardiyachi” hamda “Yashil chiroq” va bundan tashqari barcha harbiy-sport musobaqalari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;

ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning sifatini oshirish maqsadida taʼlim muassasasiga biriktirilgan harbiy qism va muassasalar bilan hamkorlik qilish, oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan oʻquvchilarni tanlash va tayyorlash ishlarida mudofaa ishlari boʻlimiga yaqindan yordam berish;

taʼlim muassasasining bitiruvchi sinf va kurslarida tahsil olayotgan oʻquvchi oʻgʻil bolalarni mudofaa ishlari boʻlimlarida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi tadbirlarini amalga oshirish;

kundalik ish faoliyatini dars jadvali, darsdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan asosiy tadbirlarni taʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejasi asosida oʻtkazish;

taʼlim muassasasidagi “Vatan tayanchi” otryadi faoliyatini tashkil etish hamda ushbu otryadga rahbarlik qilish, “Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi” klubi faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

oʻquv yili yakunida yillik oʻquv dasturi ijrosi yuzasidan taʼlim muassasasi kuzatuv kengashiga hisobot berish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

6.  Oʻqituvchining lavozim majburiyatlari

Pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv-tarbiya jarayoni, oʻquv- tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarish;

dars mashgʻulotlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borish;

taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻz fani boʻyicha tarqatma va koʻrgazmali materiallarni tayyorlaydi (markazlashgan holda, jumladan vazirlik tomonidan taqdim yoki tavsiya etiladigan taʼlim portallarida elektron shakldagi tarqatma va koʻrgazmali materiallar boʻlmasa) va ulardan dars jarayonida samarali foydalanish;

oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga oʻrgatish;

oʻquvchilarda oʻz fani boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, dars jarayonida oʻquvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishini taʼminlash;

oʻz fani boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;

umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu rejalarni tuzish;

oʻz ehtiyojiga koʻra fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni kuzatish, dars tahlili natijasida oʻzaro tajriba almashish;

pedagogik kengash, metodbirlashma yigʻilishlari, oʻquv-seminar, ochiq darslar va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;

oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini va davomatini dars oʻtilgan kunning oʻzida elektron jurnalga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan umumtaʼlim muassasalarida anʼanaviy jurnalga baholashga yoʻl qoʻyilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan maktablarda davomatni qayd etish oʻqituvchining vazifasiga kirmaydi);

oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish;

oʻquvchilarni oʻz fani boʻyicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash;

oʻz fani boʻyicha belgilangan metodik kunda oʻzining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻz ustida mustaqil ishlash, ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish choralarini koʻrish;

oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlash;

taʼlim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish;

oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

7.  Oʻqituvchi-logopedning lavozim majburiyatlari

Oʻquvchilarning nutqini rivojlanishidagi muammolarni tuzatishga qaratilgan ishlarni olib borish, ularni tekshirish orqali mavjud boʻlgan nuqson tarkibi va ifodalanish darajasini aniqlash;

1-4-sinf oʻquvchilarining fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishlariga toʻsqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish;

murakkab nutq nuqsoniga ega boʻlgan, jismoniy va psixik rivojlanishida kamchiliklari boʻlgan oʻquvchilar bilan korreksion mashgʻulotlarni olib borish;

mashgʻulot jarayonida oʻquvchilarning nutq aʼzolarini tizimli ravishda kuzatib borish; oʻquvchining oʻquv dasturlarini ongli ravishda tanlashi va oʻzlashtirishiga koʻmaklashish;

oʻquvchilar nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga doir logopedik bilimlarni taʼlim jarayoni ishtirokchilari, oʻqituvchilar va aholi oʻrtasida targʻib qilish;

ularning ruhiy-jismoniy holatini hisobga olgan holda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun guruhlar tashkil qilish, guruhlarda va individual tartibda ularning rivojlanishidagi muammolarni tuzatish, nosoz funksiyalarni tuzatish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish;

oʻqituvchilar bilan yaqin hamkorlikda ishlash, mashgʻulot va darslarida ishtirok etish, pedagog xodimlar va ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga nutqiy rivojlanishida muammosi mavjud boʻlgan bolalarga yordam koʻrsatishning maxsus metodlari va usullarini qoʻllash boʻyicha maslahatlar berish hamda ular faoliyati bilan bogʻliq zaruriy hujjatlarni yuritish;

shaxsning umumiy madaniyatini shakllantirishda, uning ijtimoiylashishida kasbiy dasturlarni ongli ravishda tanlash va oʻzlashtirishda koʻmaklashish, davlat standartlari doirasida taʼlim berishning turli shakllari, metodlari va vositalarini qoʻllash, taʼlim dasturlarini amalga oshirish;

oʻquvchilarni Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlarida belgilangan huquqlarga rioya qilish va erkinliklarini taʼminlash;

oʻz kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib boradi, metodik uyushmalar faoliyatida va boshqa koʻrinishdagi metodik ishlarda qatnashish;

taʼlim jarayonida oʻquvchilarning hayotini va sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlashga koʻmaklashish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

8.  Psixologning lavozim majburiyatlari

Oʻquvchilarni muassasalarda tarbiyalash va oʻqitish jarayonida ruhiy, jismoniy (somatik) va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish;

“Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga, taʼlim muassasasi ijtimoiy sohasini uygʻunlashtirishga koʻmaklashish va ijtimoiy jihatdan koʻnika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;

oʻquvchilar rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʻrinishdagi psixologik yordam (psixokorreksiya, reabilitatsiya va konsultatsiya) berish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi, oʻquvchilar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar), pedagogik jamoaga aniq muammolarni hal qilishda yordamlashish;

turli yoʻnalish va maqsadlarda psixologik diagnostika oʻtkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʻtkazish, test natijalarini tahlil qilish va baholash;

bola ruhiyatidagi salbiy oʻzgarishlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, bu borada tegishli davlat idoralari bilan hamkorlik ishlarini olib borish;

turli yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;

oʻquvchilar shaxsining individual yosh xususiyatlari, jinsini hisobga olib taʼlim faoliyatining rivojlantiruvchi va tuzatuvchi dasturlarini rejalashtirish va ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda hayotiy va kasbga yoʻnalish olishning turli vaziyatlariga moslashuvchanlikka tayyorgarlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;

korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni toʻliq qamrab olinishi boʻyicha ish olib borish hamda 7-sinfdan interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazish va shu asosda kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini aniqlash va ularning maʼlumotlar bazasi yaratish;

emotsional-hissiy zoʻriqishlar, xavotirlik darajasi yuqori va oʻziga ishonchi past boʻlgan bolalar uchun korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar tashkil etish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida seminar-treninglar hamda soha mutaxassislari bilan davra suhbatlarini tashkil etish, shuningdek, kasbiy moyilligi boʻyicha professional taʼlim olishi mumkin boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish;

maktab bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻgʻri yoʻnaltirish yuzasidan oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi hamda korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni, ota-onalar va pedagoglar toʻliq qamrab olingani va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida deviant xulq atvor koʻrinishlarining (zoʻravonlik, oʻz joniga qasd qilish, erta tugʻruq) oldini olish;

iqtidorli oʻquvchilarni psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning rivojlanishi va izlanishlariga koʻmaklashish;

oʻquvchilarning rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, hissiy), turli koʻrinishdagi ijtimoiy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatishni amalga oshirish;

pedagogik jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash, jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish boʻyicha ishlarni olib borish;

oʻquvchilarning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun amaliy yordam koʻrsatish;

axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internet jahon axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;

pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga koʻmaklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ishlarini olib borish;

oʻqituvchilar jamoasi va ota-onalarga oʻquvchilarning shaxs va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi muammolari boʻyicha yoʻnalish berish maqsadida oʻrganish natijalariga koʻra psixologik-pedagogik xulosa tayyorlash;

taʼlim muassasasi xodimlarini oʻquvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ijtimoiy-psixologik xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan psixologiyani amalda qoʻllash, muassasaning rivojlanishi masalalarida maslahatlar berish;

oʻz kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish va boshqa koʻrinishdagi metodik ishlarda qatnashish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya — gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

9.  Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari tarbiyachisining lavozim majburiyatlari

Biriktirilgan guruh boʻyicha oʻquvchilarda inson kapitalini rivojlantirish, fuqarolik pozitsiyasi, oʻzi va atrofdagilarga hamda jamiyatga ijobiy munosabat shakllantirish, mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, maʼnaviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

oʻquvchilarda ijtimoiy faollik, bilishga intilish va oʻzini namoyon qilish motivlarining, oʻzini-oʻzi tarbiyalash va shaxsiy sifatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish;

oʻquvchilarning individual xususiyatlari va qiziqishlarini, oilaviy sharoitlarini muntazam oʻrganib borish hamda ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish borasida pedagoglar va ota-onalar bilan hamkorlik qilish;

muassasa direktori tomonidan tasdiqlangan kun tartibi asosida oʻquvchilar bilan ish olib borish (ovqatlanish, darslarga tayyorgarlik, yotoqxonada tartib-intizom qoidalariga rioya qilish va hokazolarni nazorat qilish);

oʻquvchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash, bilim olish samaradorligini oshirish uchun maktab-internati maʼmuriyati va fan oʻqituvchilariga takliflar kiritish;

maktab-internatining tibbiyot xodimi bilan birgalikda oʻquvchilarning salomatligi bilan yaqindan tanishish, ularning maktab-internatda yashash sharoitlarini yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;

oʻquvchilarning ota-onalari bilan aloqalar oʻrnatish va farzandining taʼlim-tarbiyasini yana-da yaxshilash yuzasidan fikrlar almashish, taklif va tavsiyalar berish;

oʻquvchilar davomatini taʼminlash choralarini koʻrish;

oʻquvchilarning ovqatlanishini tashkil etishda koʻmaklashish;

oʻquvchilar bilan yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, ijtimoiy hayot uchun maqbul boʻlmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanish boʻyicha suhbatlar oʻtkazib, tushuntirish ishlarini olib borish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

10.  Kutubxona mudirining lavozim majburiyatlari

Umumtaʼlim muassasalarida taʼlim tili, sinflar va oʻquv fanlari kesimida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganib, ularga buyurtma berilishini tashkil etish;

kutubxonada darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning inventarizatsiyasini oʻtkazadi va ular asosida yetishmayotgan darsliklar boʻyicha maktab direktor orqali tuman (shahar) boʻlimiga takliflar kiritish;

yangi oʻquv yiliga “Transport va logistika” davlat unitar korxonasining hududiy filiallari tomonidan olib kelinadigan har bir darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni oʻrnatilgan tartibda qabul qilish, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qabul qilish boʻyicha maktabda tashkil etiladigan komissiyada ishtirok etish, Adliya vazirligidan 2014-yil 28-aprelda 2577-son raqam bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

xatlov natijasida taʼlim muassasasida yaroqsiz holga kelgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni utilizatsiya qilish boʻyicha rejasini tayyorlash, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlatish hamda umumlashtirish uchun tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etish;

tasdiqlangan reja asosida utilizatsiya qilinadigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni “Transport va logistika” davlat unitar korxonasining hududiy filialiga topshirish;

Vazirlikning tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Kitobxonlar bayrami” tadbiri doirasida (“Adabiyot kunlari”, “Kitobim oftobim, “Kitob taqdimoti” nomli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, “Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi” va “Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi” tanlovi, “Maktab-

kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri va ota-onalar oʻrtasida “Bir farzandga-uch kitob” aksiyasi, “Men sevgan adabiy qahramon”, “Yil hikoyasi”, “Yosh kitobxonlar”, “Yilning eng isteʼdodli yosh shoiri”) tanlovlarining maktab bosqichini tashkil etish;

5 ta tashabbus doirasida oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni kuchaytirish yoʻnalishida tegishli masʼullar bilan hamkorlik qilish;

faoliyat yoʻnalishiga oid turli anjuman, konferensiyalar, oʻquvlar, koʻrik-tanlovlar, avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yigʻilishlarda ishtirok etish;

oʻquvchilar, oʻqituvchilar va tashkilotning boshqa xodimlarini kutubxonaga aʼzo qiladi va kitobxonlarga berilgan kitoblar ustidan nazoratni taʼminlash;

kutubxonada va saqlash xonalarida xavfsizlik texnikasi, sanitariya, yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini kuzatib boradi va barcha turdagi kutubxona jamgʻarmasida saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

maktab kutubxonalari uchun kutubxona–bibliografik klassifikatsiyasiga muvofiq hujjatlarning sistemali-alifboli joylashtirilishini taʼminlash;

kutubxona jamgʻarmasini tokchali va harfli ajratkichlar, tokchali va stendli koʻrgazmalar yordamida rasmiylashtirish;

kutubxonaning kitob va boshqa jamgʻarmalariga kitobxonlarning (foydalanuvchilarning) aybi bilan va kitoblar kamomadi, ularni yoʻqotish yoki buzish bilan bogʻliq yetkazilgan zararni oʻrnatilgan tartibda undirib olish choralarini koʻrish;

umumtaʼlim maktablarini badiiy adabiyotlar, darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash borasida ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish hamda amaliyotga tatbiq etish;

darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kutubxona jamgʻarmasiga qabul qilish va hisobdan chiqarish, kitoblarining sifatli va toʻgʻri yuritilishini amalga oshirish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Kutubxonachining lavozim majburiyatlari

Taʼlim muassasasida oʻquvchi va oʻqituvchilarning taʼlim tili, sinflar va oʻquv fanlari kesimida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish;

darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning inventarizatsiyasini oʻtkazish va ular asosida yetishmayotgan darsliklar roʻyxatini shakllantirish;

yangi oʻquv yiliga “Transport va logistika” davlat unitar korxonasining hududiy filiallari tomonidan olib kelinadigan har bir darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni oʻrnatilgan tartibda qabul qilish, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qabul qilish boʻyicha maktabda tashkil etiladigan komissiyada ishtirok etish, Adliya vazirligidan 2014-yil 28-aprelda 2577-son raqam bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini darsliklar va oʻquv-metodik

majmualar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etish;

xatlov natijasi asosida taʼlim muassasasida yaroqsiz holga kelgan darsliklar va oʻquv- metodik majmualarni utilizatsiya qilish boʻyicha rejasini tayyorlash, kutubxona mudiriga taqdim etish;

5 ta tashabbus doirasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni kuchaytirish yoʻnalishida tegishli masʼullar bilan hamkorlik qilish;

faoliyat yoʻnalishiga oid turli anjuman, konferensiyalar, oʻquvlar, koʻrik-tanlovlar, avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yigʻilishlarda ishtirok etish;

oʻquvchilar, oʻqituvchilar, muassasaning boshqa xodimlarini kutubxonaga aʼzo qilish va kitobxonlarga berilgan hujjatlar ustidan nazoratni taʼminlash;

kutubxonada va saqlash xonalarida xavfsizlik texnikasi, sanitariya, yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini kuzatib borish va kutubxona jamgʻarmasi saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

maktab kutubxonalari uchun kutubxona–bibliografik klassifikatsiyasiga muvofiq hujjatlarning sistemali-alifboli joylashtirilishini taʼminlash;

umumtaʼlim maktablarini badiiy adabiyotlar, darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash borasida ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish hamda amaliyotga tatbiq etish;

darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni taʼlim muassasasining kutubxona jamgʻarmasiga qabul qilish va hisobdan chiqarish kitoblarini toʻgʻri yuritilishini taʼminlash;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

11.  Kadrlar boʻyicha inspektor (menejer)ning lavozim majburiyatlari

Taʼlim muassasasida xodimlar shaxsiy tarkibining hisobini yuritish;

mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning shaxsiy tarkibi boʻyicha buyruqlarni (ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat taʼtili berish va h.k.) rasmiylashtirish va ularning belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlash;

xodimlarni muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tanishtirish;

xodimlarning shaxsiy ish jildlarini (T-2 kartochkalar, mehnat daftarchalari, mehnat shartnomalari va h.k.) shakllantirish va yuritish, ularga oʻz vaqtida xodimlarning faoliyati bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritish;

xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga, shuningdek, vazirlikning elektron maʼlumotlar bazasiga sifatli kiritilishi va oʻz vaqtida yangilab borilishini taʼminlash, mehnat daftarchalari yuritilishi, hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlash;

boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida ish.mehnat.uz hamda vazirlikning ish.uzedu.uz sayti orqali eʼlon berish;

xodimlarga taʼtil berish hisobini yuritish, taʼtillar jadvalini tuzish;

taʼlim muassasa xodimlariga pensiyalar tayinlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;

xodimlarning qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, uni pasaytirish boʻyicha muassasa direktoriga takliflar kiritish;

kadrlarga oid hujjatlarni belgilangan joriy saqlash muddatlari tugagach, uni doimiy saqlash uchun arxivga topshirish tayyorlash;

taʼlim muassasasida mehnat intizomining holati va xodimlar tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, mehnat intizomi buzilishlarining hisobini yuritish;

taʼlim muassasalarini pedagog kadrlar bilan taʼminlash, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini jalb etish choralarini koʻrish yuzasidan turli tadbirlarda ish beruvchi vakili sifatida ishtirok etish;

maktab direktorining koʻrsatmasi asosida ish faoliyati davomida erishib kelayotgan yutuqlari uchun pedagoglar tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari va vazirlikning tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini tayyorlash, oʻrnatilgan tartibda tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishini taʼminlash;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) oʻz majburiyatlarini samarali bajarish maqsadida boshqa boʻlinmalar (xodimlar)dan tegishli maʼlumot va axborotlarni soʻrab olish huquqiga ega.

Kadrlar   boʻyicha   menejer   (inspektor)ga   ushbu   lavozim                         majburiyatlariga       daxldor boʻlmagan boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

12.  Uzaytirilgan kun guruhi tarbiyachisining lavozim majburiyatlari

Oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning taʼlim-tarbiyasiga koʻmaklashish;

umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq tegishli fan boʻyicha darslar, mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish;

oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga tayyorlash;

oʻquvchilarning fanni oʻzlashtirishini taʼminlash, oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan guruhlarda va individual tartibda ish olib borish;

joriy va nazorat soʻrovi oʻtkazish, oʻquvchilarning yozma ishlarini hamda daftarlarini tekshirish;

mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tarqatma va koʻrgazma materiallarni ishlab chiqish;

oʻquvchilarning davomat va oʻzlashtirish hisobini olib borish, ularning maktab ustavi talablariga rioya qilishlarini taʼminlash;

pedagogik kengash, oʻquv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;

ota-onalar bilan farzandlarini tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha individual uchrashuvlar hamda suhbatlar oʻtkazish;

kasbiy mahoratini oshirib borish, oʻz faoliyatiga oid ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish; taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini

hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

13.  Laborantning lavozim majburiyatlari

Tegishli fan (kimyo, biologiya, fizika) xonasining mavjud laboratoriya asbob-uskunalari, oʻquv jihozlarini yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash;

laboratoriya mashgʻulotiga jihozlarini tayyorlash va ulardan foydalanish uchun texnik tayyorgarlik koʻrish;

laboratoriya mashgʻulotlariga tegishli preparatlarni toʻgʻri saqlanishini va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash;

tegishli fan oʻqituvchisidan zarur boʻlgan maʼlumotlar va materiallarni olgan holda darslarga oʻquv jihozlarini oʻz vaqtida tayyorlash;

zarur roʻyxat, shuningdek laboratoriya va koʻrgazmali mashgʻulotlarga oid oʻquv jihozlarini darsga tayyorlash;

mashgʻulot jarayonida belgilangan tartib qoidalarga amal qilmagan oʻquvchilar toʻgʻrisida tegishli fan oʻqituvchisiga va maktab rahbariyatiga axborot berish;

oʻqituvchilardan qurilmalarni qabul qilish va laboratoriya xonasini amaliy mashgʻulotdan soʻng tozalash;

laboratoriya mashgʻulotlari uchun sarflangan moddalar (reaktivlar va boshqalar)ni hisobini olib borish daftarini yuritish;

laboratoriya va koʻrgazmali mashgʻulotlarida oʻqituvchi yordamchisi sifatida dars jarayonida qatnashish;

laboratoriya va koʻrgazmali mashgʻulotlari oxirida barcha javonlarning yopilishini taʼminlash, suv joʻmraklarini tekshirish va barcha elektr asboblarini oʻchirish;

laboratoriya mashgʻuloti davomida nosoz holatga kelgan moslamalar, asboblar, texnik oʻquv vositalaridan foydalanishni taqiqlash;

oʻquvchilarni laboratoriya oʻquv jihozlari va moddalar (reaktiv va boshqalar)dan foydalanish boʻyicha xavfsizlik va gigiyena qoidalari bilan tanishtirish va ularning qatʼiy amal qilishini nazorat qilish;

elektr jihozlari, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini elektrik va boshqa texnik xodimlar bilan birgalikda tekshirish, shamollatish tizimining ish holatini kuzatib borish;

laboratoriya oʻquv jihozlari va moddalar (reaktiv va boshqalar)ni xatlovdan oʻtkazishda ishtirok etish;

tegishli fan (kimyo, biologiya, fizika) xonasining sarflangan moddalar (reaktiv va boshqalar) va materiallar, yaroqsiz holga kelgan qurilmalar, laboratoriya anjomlari va boshqalarni hisobga olgan holda oʻquv jihozlari buyumlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va talabnoma tayyorlash;

tegishli fan (kimyo, biologiya, fizika) xonasiga oid asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarning buyumlarini hisobdan chiqarish ishlarida qatnashish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

14.  Tarjimon-kotibaning lavozim majburiyatlari

Muassasada unga biriktirilgan koʻzi ojiz oʻqituvchilarning yillik ish rejasi va dars jadvali asosida ish yuritilishini taʼminlash;

oʻqituvchi bilan birga dars jarayonini tashkil etishda vakolati doirasida ishtirok etish;

dars jarayonida oʻquvchilarning davomatini aniqlash, sinf jurnaliga oʻqituvchining koʻrsatmasiga asosan rejadagi mavzularni yozish va oʻqituvchi tomonidan qoʻyilgan kundalik va nazorat baholarini belgilangan tartibda qoʻyib borish, bunda bevosita husnixat bilan bogʻliq boʻlgan orfografik va imlo qoidalariga rioya qilish;

biriktirilgan koʻzi ojiz oʻqituvchining darsdan tashqari mashgʻulotlar va toʻgarak ishlarini olib borilishida koʻmaklashish;

joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlari, bosqichli va davlat attestatsiyasidagi imtihonlar oʻtkazishda yordam berish;

dars jarayonida oʻquvchilarga tarqatiladigan tarqatma materiallarning oʻquvchilarga tarqatilishida oʻqituvchining soʻrovi asosida yordamlashish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

15.  Xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (xoʻjalik mudiri)ning lavozim majburiyatlari

Taʼlim muassasasi binolarining texnik holati, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli oʻquv koʻrgazmali jihozlar)ning saqlanishini taʼminlash;

maktabga yetkazib berilayotgan jihozlarni belgilangan tartibda qabul qilish, jihozlarning toʻgʻri taqsimlanishini amalga oshirish;

taʼlim muassasasidagi xoʻjalik ishchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularni nazorat qilish, har oyda ishchi xodimlarning ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish;

moddiy tovar boyliklarning aylanma qaydnomasini yuritish, muassasaga olib kelingan inventarlarni, xoʻjalik va kanselyariya mollarini kirim qilish, ularni oʻz vaqtida tarqatish, roʻyxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish;

oʻquv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni taʼmirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni taʼmirlash, jihozlash, ularni yangi oʻquv yiliga tayyorlash, roʻyxat boʻyicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va oʻquv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish;

kommunal toʻlovlar (gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) boʻyicha hisoblagichlarning kundalik koʻrsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qilish;

telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari boʻlinmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini koʻrish;

taʼlim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida boʻlishida farroshlar, binoni qoʻriqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ishini muvofiqlashtirish;

bir yilda bir marta jamoat komissiyasi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari boʻyicha xatlov (inventarizatsiya)dan oʻtkazish;

muassasada obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;

kuz-qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada boʻlishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada boʻlmagan kunlarda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga maʼlum qilish hamda ushbu kunlarni roʻyxatga olib, tuman (shahar) boʻlimlarning markazlashtirilgan moliya- buxgalteriya xizmatiga issiqlik uchun toʻlab beriladigan mablagʻlarni qayta hisob-kitob qilinishi haqida ogohlantirish;