Er-xotin ajrashganda ular bolasi bilan ko‘rishishga haqli

Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Bu norma Oila kodeksi 76-moddasida mustahkamlab qo`yilgan. 

Shuningdek, Oliy sudi Plenumining 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida“gi qarorining 7-bandiga muvofiq

boladan alohida yashayotgan ota-onaning huquqidan kelib chiqqan holda u bilan ko‘rishishda, shuningdek voyaga yetmaganning shu ota-ona bilan ko‘rishish huquq va manfaatlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, sud har bir aniq ishning holatlarini inobatga olib hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rilish tartibini (vaqti, joyi, ko‘rishish davomiyligi va h.k) bayon etishi lozim.

Yuqoridagi qoidaning mazmuniga ko`ra, garchi er va xotin alohida yashasa ham yoki ular nikohdan ajrashgan taqdirda ham ular farzandlari bilan ko`rishish huquqini saqlab qoladi. Bunda ulardan birining da’vosiga ko`ra sud mazkur qoidalar asosida ko`rish tartibi, vaqti va joyiga oid qoidalarni belgilab beradi.

Agar ikkinchi taraf sudning qarorini ijro etmasa yoki bunga qarshilik ko`rsatsa, hech bo`lmaganda unga ma’muriy javobgarlik chorasi qo`llaniladi (MJTK 1982-moddasi).

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?

Shariy nikohdagi xotin umumiy mol-mulkdan hech narsa ololmaydimi?

Aliment to‘lamagan qamaladimi?

Ko‘p bolali oila

Aliment pensiya va nafaqalardan ham undiriladi

Er-xotinning nikoh davridagi mulki qachon xususiy (shaxsiy) mulk bo‘ladi?