Avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki qayta ro’yxatdan o‘tkazishda qancha to‘lov qilinadi?

Mazkur munosabat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi. Ushbu buyruqqa Ichki ishlar vazirining 2024-yil 31-martdagi 164-sonli buyrug‘i bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o’tkazish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro`yxatdan o`tkazish To‘lov bazaviy hisoblash miqdorida (foizi/baravari)To‘lov miqdori 19.04.2024 holatiga  (so‘mda)*  
 1Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun1,5 baravari510 000
   2Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun6,84 baravari2325600
 3Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish uchun70 foizi miqdorida255000

* 2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.

О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining 2024-yil 3-may kunidagi 24/8-4324-sonli xatida O‘zbekiston Respublikasi lchki ishlar vazirining 2024-yil 2-maydagi 222-sonli buyrug’i bilan bilan to‘lov stavkalariga o‘zgartirish kiritilganligi aytildi.

Bunda, 2O24-yil 3-maydan boshlab avtotransport vositalari, elektromobillar,mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undirilishi beIgilandi.

Izoh:

  • yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki o‘g‘irlangan avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma dublikatini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida to‘lov undiriladi;
  • yo‘qotilgan avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma dublikatini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi;
  • yo‘qotilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida vaqtinchalik guvohnoma dublikatini berish uchun belgilangan to‘lov stavkasining 5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yong‘ini yoki qulashi, transport vositasining yong‘ini) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning, shu jumladan vaqtinchalik guvohnomaning dublikatini berish uchun to‘lov undirilmaydi.

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Kimlar transport vositasini boshqara olmaydi?

Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin

Qaysi kasalliklar uchun xavfsizlik kamarida imtiyoz mavjud?

Sariqda harakatlanganlik uchun javobgarlik bormi ?

Mashina old oynasini necha foizgacha qoraytirish mumkin?